«O‘zbek geologiya qidiruv» aksiyadorlik jamiyati

Biz haqimizda
KASABA UYUSHMASI A’ZOLARINING HUQUQLARI
O‘zbekiston Respublikasining “Kasaba uyushmalari to‘g‘risida”gi Qonuni hamda kasaba uyushmalarining ustavlariga muvofiq, kasaba uyushmasi a’zolari bir qator huquq va imkoniyatlarga ega.Jumladan, ular:mehnat huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilishda huquqiy yordam olish;kasaba uyushmasi faoliyatida ishtirok etish, saylash va saylanish;uyushma faoliyati hamda moliyaviy mablag‘lar sarfi haqida axborot olish;belgilangan tartibda moddiy yordam va ijtimoiy xizmatlardan foydalanish;o‘z xohishiga ko‘ra kasaba uyushmasi a’zoligidan chiqish huquqiga ega.Kasaba uyushmasi — xodimlarning mehnat huquqlari, ijtimoiy-iqtisodiy manfaatlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilishda muhim tayanchdir.O‘z huquqlaringizni biling va ulardan samarali foydalaning!

MEHNAT SOHASIDA TAZYIQ VA ZO‘RAVONLIKKA YO‘L YO‘Q!
Har bir xodim xavfsiz mehnat muhiti, hurmat va teng munosabatga haqli. Tazyiq, kamsitish, haqorat va zo‘ravonlik holatlarining oldini olish, murojaatlarni xolis ko‘rib chiqish hamda jabrlanganlarni himoya qilish — muhim vazifamizdir. Unutmang: har bir xodim — qadriyat, har bir murojaat — e’tibor! #XavfsizMehnat #MehnatHuquqlari #Zo‘ravonlikkaYo‘lYo‘q

“Halollik marafoni: 3 soha – 1 tamoyil” mavzusida ochiq muloqot o‘tkazildi
Joriy yilning 12-noyabr kuni “O‘zbek geologiya qidiruv” aksiyadorlik jamiyatida e’lon qilingan “Korrupsiyaga qarshi kurashish oyligi” doirasida targ‘ibot tadbiri tashkil etildi. Mazkur tadbir O‘zbekiston “Adolat” sotsial-demokratik partiyasi bilan imzolangan Memorandumda belgilangan hamkorlik yo‘nalishlari asosida “Halollik marafoni: 3 soha – 1 tamoyil” mavzusida ochiq muloqot shaklida o‘tkazildi.Tadbir “Adolat” sotsial-demokratik partiyasi, Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi, Ichki ishlar vazirligi, O‘zbekiston Sudyalar assotsiatsiyasi, Tog‘-kon sanoati va geologiya vazirligi hamda “O‘zbek geologiya qidiruv” AJ hamkorligida tashkil etildi.Ochiq muloqotda davlat va jamoat tashkilotlari vakillari, soha mutaxassislari hamda jamiyat xodimlari ishtirok etdi.Tadbir davomida “Adolat” SDP Siyosiy Kengashi raisi o‘rinbosari Abdukamol Rahmonov, Oliy Majlis Qonunchilik palatasining Fan, ta’lim, madaniyat, sport va yoshlar masalalari qo‘mitasi raisi o‘rinbosari, “Adolat” SDP fraksiyasi a’zosi Oydin Abdullayeva, O‘zbekiston Sudyalar assotsiatsiyasi raisining o‘rinbosari Fayzulla Abduazimov, Ichki ishlar vazirligi Akademiyasi professori, polkovnik Sharif Qobilov, “O‘zbek geologiya qidiruv” AJ bosh muhandisi o‘rinbosari Bektosh Eshmurzayev, jamiyat Korrupsiyaga qarshi ichki nazorat xizmati boshlig‘i Dodoxon Saidaxborov hamda Tog‘-kon sanoati va geologiya vazirligi Korrupsiyaga qarshi ichki nazorat bo‘limi bosh mutaxassisi Azizjon Merdjalilovlar ma’ruzalari bilan ishtirok etdilar. Ma’ruzalarda fuqarolarning huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilishda ochiqlik, shaffoflik va jamoatchilik nazoratining ahamiyati, odil sudlovning adolatli jamiyatni shakllantirishdagi o‘rni, halollik va korrupsiyaga murosasiz munosabatni qaror toptirish, shuningdek, korrupsiyaga qarshi kurashish borasida amalga oshirilayotgan ishlar, erishilgan natijalar va ustuvor vazifalar atroflicha yoritildi.Shuningdek, Tog‘-kon sanoati va geologiya vazirligi tizimida korrupsiyaning oldini olish, manfaatlar to‘qnashuviga yo‘l qo‘ymaslik, ichki nazorat mexanizmlarini takomillashtirish hamda sohada korrupsiyaga qarshi kurashish borasida erishilgan natijalar haqida ma’lumot berildi.Ochiq muloqot davomida ishtirokchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob oldilar, mavzu yuzasidan fikr va takliflarini bildirdilar. Tadbir yakunida jamiyat xodimlari o‘rtasida korrupsiyaga oid tushuncha va atamalar bo‘yicha bilimlarni sinovdan o‘tkazish maqsadida savol-javob hamda bilimlar sinovi tashkil etildi.Ta’kidlash joizki, bunday targ‘ibot tadbirlari xodimlarning huquqiy savodxonligini oshirish, korrupsiyaga nisbatan murosasiz munosabatni shakllantirish, mehnat jamoasida halollik, ochiqlik va shaffoflik tamoyillarini mustahkamlashga xizmat qiladi.Zero, korrupsiyaga qarshi kurashish faqatgina alohida tashkilotlarning emas, balki har bir fuqaro va jamoaning umumiy mas’uliyatidir.“O‘zbek geologiya qidiruv” AJAxborot xizmati

Samarali hamkorlik munosib e'tirof etildi
11-noyabr — O‘zbekiston kasaba uyushmalari kuni munosabati bilan “O‘zbek geologiya qidiruv” AJ boshqaruv raisi Alimov Shamsiddin Paxritdinovich O‘zbekiston energetika, neft-gaz va geologiya xodimlari kasaba uyushmasining Faxriy yorlig‘i bilan taqdirlandi.Ushbu e’tirof Shamsiddin Alimovning xodimlarning mehnat va ijtimoiy-iqtisodiy manfaatlarini himoya qilish, ularning qonuniy huquqlarini ta’minlash, mehnat munosabatlarida adolat va o‘zaro hamkorlik tamoyillarini mustahkamlash borasidagi munosib hissasining e’tirofi bo‘ldi. Shuningdek, korxonada kasaba uyushmalari bilan samarali ijtimoiy sheriklikni rivojlantirish, xodimlar manfaatlarini qo‘llab-quvvatlash hamda mehnat jamoasida sog‘lom ijtimoiy muhitni shakllantirish yo‘lidagi sa’y-harakatlar ham mazkur yuksak e’tirofga asos bo‘ldi.Ushbu taqdirlov Shamsiddin Alimovning kasaba uyushmalari bilan hamkorlikni mustahkamlash va xodimlar manfaatlarini himoya qilish yo‘lidagi faoliyatiga berilgan munosib bahodir.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 31-sessiyasidagi nutqi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning BMT Iqlim o‘zgarishi to‘g‘risidagi Hadli konvensiyasi tomonlari konferensiyasining 31-sessiyasidagi nutqi Hurmatli Prezident Rejep Tayyip Erdogʻan Janoblari! Hurmatli davlat va hukumat rahbarlari! Hurmatli konferensiya raisi! Xonimlar va janoblar! Avvalambor, Oʻrta yer dengizining gavhari boʻlmish Antaliyada bizga koʻrsatilayotgan anʼanaviy mehmondoʻstlik uchun Turkiya Respublikasi Prezidenti, qadrli birodarim Rejep Tayyip Erdogʻan Janobi Oliylariga chin qalbdan minnatdorlik bildiraman. Turkiya va Avstraliya hamraisligida anjumanga yuqori darajada tayyorgarlik koʻrilganini alohida eʼtirof etmoqchiman. Oʻzbekiston iqlim oʻzgarishiga qarshi kurashish boʻyicha global saʼy-harakatlarni izchil qoʻllab-quvvatlab kelmoqda. Biz yangi taraqqiyot modelimizni “yashil” texnologiyalar asosida, tabiiy resurslardan oqilona foydalangan holda quryapmiz. Iqtisodiyot tarmoqlarida uglerod sarfini jadal surʼatda kamaytiryapmiz. Mamlakatimiz yalpi ichki mahsulot birligiga toʻgʻri keladigan gaz chiqindilarini 35 foizga qisqartirish borasidagi maqsadini muddatidan oldin bajardi. Biz 2035-yilga borib zararli chiqindilarni 50 foizga kamaytirish boʻyicha yangi marrani belgiladik. Taraqqiyot va tabiat qonunlari oʻrtasida buzilgan muvozanatni tiklash “yashil” energiya hajmini muntazam oshirib borishni talab etadi. Yaqin toʻrt yilda Oʻzbekistonda qayta tiklanuvchi energiya manbalarining ulushi 54 foizga yetkaziladi. Biz oʻz oldimizga suvdan oqilona foydalanish boʻyicha ham qatʼiy majburiyat qoʻyganmiz. Bu boradagi saʼy-harakatlarimiz allaqachon ijobiy natija bermoqda. Oʻn yil ichida iqtisodiyotimizda suv sarfi deyarli ikki baravarga, havzalardan olinayotgan suv miqdori esa beshdan bir qismga kamaydi. Sugʻoriladigan yer maydonlarining 60 foizida suv tejovchi texnologiyalar joriy etildi. Kelgusi yildan Oʻzbekiston Orolni qutqarish xalqaro jamgʻarmasiga raislik qiladi. Transchegaraviy havzalarni boshqarishdek masʼuliyatli vazifani yuqori saviyada amalga oshirishga tayyormiz. Shu bilan birga, yerlarni keng koʻlamda qayta tiklash ishlarini olib boryapmiz. Mamlakatimizda oʻrmonlar maydoni olti million gektarga koʻpaytirildi, uning uchdan bir qismi Orolboʻyi hududiga toʻgʻri keladi. Bundan tashqari, uch milliard dollardan ortiq investitsiya yoʻnaltiriladigan “Chiqindilar bilan bogʻliq ishlarni amalga oshirish strategiyasi”ni joriy etdik. Oʻzbekistonda yuritilayotgan davlat siyosatida yoshlar masalasi markaziy oʻrin tutadi. Xalqimizda “Daraxtdan meva olaman desang, uni nihol paytidan boshlab parvarish qil” degan maqol bor. Mamlakatimizda bolalarning ekologik tarbiyasi oila, mahalla va maktab faoliyatining uygʻunligi asosida yoʻlga qoʻyilgan. Yosh avlodga suvni tejash, daraxtlarni parvarish qilish, atrof-muhitni toza va ozoda saqlash bogʻchadanoq oʻrgatiladi. Yurtimizning har beshinchi fuqarosi maktab oʻquvchisi yoki talabadir. Tizimli ekologik taʼlim-tarbiya tufayli 2050-yilga borib, Oʻzbekiston aholisining toʻrtdan uch qismi tabiatni asrash boʻyicha puxta bilimga ega boʻladi. Qadrli doʻstlar! Iqlim muammolariga hech bir davlat yolgʻiz holda yechim topa olmaydi. Markaziy Osiyoda muzliklarning erishi, suv tanqisligi, qurgʻoqchilik kabi xatarlarning koʻlami ortmoqda. Umumiy tahdidlar mintaqa davlatlaridan mushtarak harakatlarni talab qiladi. Shu bois, Markaziy Osiyoning Iqlim integratsiyasi modelini rivojlantirish tashabbusini ilgari suramiz. Ushbu hamkorlikni uchta asosiy yoʻnalishdan boshlashni taklif qilaman. Birinchisi – axborot yoʻnalishi. Bu borada Jahon meteorologiya tashkiloti koʻmagida iqlim xavf-xatarlari toʻgʻrisida maʼlumot almashish infratuzilmasini yaratish zarur. Dastlabki bosqichda tabiiy ofatlar paytida tezkor chora-tadbirlar koʻrish uchun erta ogohlantirish tizimini yoʻlga qoʻyish maqsadga muvofiq. Navbatdagi muhim qadam – sekin-asta yuzaga keladigan tabiiy ofatlarni monitoring qilish boʻyicha koʻrsatkichlar va ularga asoslangan qoʻshma mexanizmlarni shakllantirishdan iborat. Ikkinchisi – texnologik yoʻnalish. “Yashil” texnologiyalar tuproqni qayta tiklash, qurgʻoqchil hududlarda uglerodni yutish, chang va qum boʻronlariga qarshi kurashishda yordam beradi. Har yili Markaziy Osiyoning “Eco Expo” koʻrgazmasini oʻtkazyapmiz. Unda ilgʻor tajriba, istiqbolli innovatsiyalar bilan oʻrtoqlashyapmiz. Biz bu koʻrgazmani mintaqamizga mos zamonaviy ekologik yechimlar beradigan doimiy investitsiya va texnologiyalar maydoniga aylantirishni maqsad qilganmiz. Uchinchisi – moliyaviy yoʻnalish. Markaziy Osiyo mahalliy sharoit va ehtiyojlar hisobga olinadigan barqaror moliya manbalariga muhtoj. Bu borada taraqqiyot banklari va maqsadli jamg‘armalar bilan birgalikda Markaziy Osiyo uchun yangi koʻmak vositalari – imtiyozli grantlar, shuningdek, “moviy” va “arid” moliyalashtirish mexanizmlarini ishlab chiqishni taklif etamiz. Hurmatli delegatsiyalar rahbarlari! Konferensiyada ishtirok etayotgan barcha mamlakatlar va xalqaro tuzilmalarni Iqlim integratsiyasi modelini amaliy mazmun bilan boyitishga chaqiramiz. Ushbu hayotbaxsh modelni barcha manfaatdor mintaqalarda qoʻllashni taklif etamiz. Kelajak avlod uchun farovon hayot va qulay shart-sharoit yaratish hamda ona sayyoramizni asrab-avaylash barchamizning insoniy burchimizdir.

11-NOYABR — O‘ZBEKISTON KASABA UYUSHMALARI KUNI!
“O‘zbek geologiya qidiruv” AJ barcha kasaba uyushmalari faollari, a’zolari hamda soha fidoyilarini 11-noyabr — O‘zbekiston kasaba uyushmalari kuni bilan samimiy muborakbod etadi!Mehnatkashlarning huquq va manfaatlarini himoya qilish, ularning mehnat sharoitlarini yaxshilash hamda ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash yo‘lidagi mas’uliyatli faoliyatingizda ulkan muvaffaqiyatlar tilaymiz.Barchangizga mustahkam sog‘liq, oilaviy baxt, farovonlik va yangi zafarlar yor bo‘lsin!Bayramingiz muborak bo‘lsin!

Toshkentdagi yirik media forumda axborot suvereniteti va yangi hamkorlik ufqlari belgilab olindi
Poyxtaxtimizdagi muhtasham «Hilton Tashkent Sity» mehmonxonasi ikki kunga O‘zbekiston va Rossiya axborot makonining bosh muloqot markaziga aylandi. O‘zbekiston Milliy axborot agentligi (O‘zA) va Rossiyaning “TASS” axborot agentligi hamkorligida tashkil etilgan III O‘zbekiston–Rossiya media forumi davlat idoralari masʼullari, yetakchi mediaxoldinglar, IT-sektor hamda kreativ industriyadan 200 dan ziyod ishtirokchini bir maydonga jamladi. Forumning tantanali ochilish marosimi va yalpi majlisida so‘zga chiqqan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi Kommunikatsiyalar departamenti boshlig‘i – Prezident matbuot kotibi Sherzod Asadov o‘z maʼruzasida bugungi axborot dunyosining global chaqiriqlari, O‘zbekiston media maydonidagi tub yangilanishlar va ikki davlat professional hamjamiyati oldida turgan to‘rtta strategik yo‘nalishning mohiyatini ochib berdi. O‘zaro ishonch va yuksak muloqot mahsuli Sherzod Asadov o‘z nutqining avvalida mazkur forum shunchaki muhokamalar maydoni emas, balki ikki davlat rahbarlari o‘rtasidagi mustahkam strategik sheriklikning yorqin ko‘rinishi ekaniga urg‘u berdi:«Bugungi forumimiz mamlakatlarimiz o‘rtasida yuksak darajagi munosabatlarning ifodasidir. Bu aloqalar negizida yetakchilarimiz — Prezident Shavkat Mirziyoyev va Prezident Vladimir Putinning do‘stligi hamda o‘zaro ishonchi mujassam. Aynan davlatlarimiz rahbarlarining siyosiy irodasi, ularning doimiy va ishonchli muloqoti barcha yo‘nalishlardagi — iqtisodiyot va energetikadan tortib, madaniyat, taʼlim va, albatta, media sohasigacha — hamkorligimizga faol surʼat bag‘ishlamoqda».Ortga qaytmas islohotlarPrezident matbuot kotibi axborot bugun shunchaki yangilik yetkazish vositasi emas, balki davlat taraqqiyoti, xalqaro maydondagi ishonch va global kun tartibini belgilovchi strategik omilga aylanganini taʼkidladi. Maʼruzada so‘nggi yillarda O‘zbekiston milliy media makonida amalga oshirilgan islohotlar salmoqli raqamlar bilan asoslab berildi:- Xususiy sektorning o‘sishi: Mamlakatda faoliyat yuritayotgan qariyb 3 mingta (2 700 ta) ommaviy axborot vositalarining 67 foizi xususiy kapital hissasiga to‘g‘ri kelmoqda. Bu milliy axborot makonida erkinlashtirish jarayonlari ortga qaytmas tus olganidan dalolat beradi.- Kitobxonlik madaniyatining tiklanishi: Birgina joriy yilning o‘zida nashriyot tarmog‘ida ishlab chiqarish hajmi ikki barobar oshdi: 15 ming nomdagi kitoblar 60 million nusxadan ortiq umumiy adadda bosib chiqarildi. «Dunyoda bosma matnga bo‘lgan ishonch susayib borayotgan bir paytda, O‘zbekiston odamlarni kitobga, mutolaa zavqiga oshno etish yo‘lini tanladi», — deya qayd etdi Sh.Asadov.- Raqamli qamrov va blogosfera: Mamlakatda internet qamrovi 94 foizga yetdi. 2017 yilda faol kontent isteʼmolchilari soni 14,7 million kishini tashkil etgan bo‘lsa, hozirga kelib bu ko‘rsatkich 32,7 milliondan oshdi. Bu esa professional blogerlar jamoatchiligi shakllanishiga va ularning yetakchi tahririyatlar bilan teng sharoitda kun tartibini belgilashiga imkon yaratdi.- Milliy mediabank va sifatli mahsulot: Yil davomida Kontent markazi tomonidan tayyorlangan 26 mingdan ortiq mediamahsulot qariyb 2 milliard marta tomosha qilindi. Shuningdek, Markaziy Osiyoda ilk bor yuqori sifatli vizual kontentni jamlagan Milliy mediabank ishga tushirilib, mamlakat haqidagi o‘n minglab foto va videomateriallar ochiq foydalanish uchun taqdim etildi. Dezinformatsiya — umumiy suverenitetga tahdid Sherzod Asadov sunʼiy intellekt rivojlanib, feyk va dipfeyklar hajmi yil sayin ikki barobarga ortib borayotgan bir vaqtda axborot manipulyatsiyasiga qarshi turish nafaqat tahririyatlar, balki milliy xavfsizlik darajasidagi masalaga aylanganini alohida ko‘rsatib o‘tdi:«Hech bir milliy media tizimi bunday chaqiriqqa qarshi yolg‘iz o‘zi kurasha olmaydi. Shu nuqtai nazardan, tarqatilayotgan axborotning haqqoniyligi va uni jamoatchilik fikrini boshqarish yo‘lida suiisteʼmol qilinishiga yo‘l qo‘ymaslik uchun medianing masʼuliyati beqiyosdir. Turli dezinformatsiya va axborot hujumlari davlatlarimiz va xalqlarimiz o‘rtasida tushunmovchilik hamda ixtilof paydo bo‘lishiga sabab bo‘lmasligi kerak. So‘z ixtilof emas, balki o‘zaro anglashuv manbai bo‘lishi lozim. Zamonaviy medianing birlashtiruvchi missiyasi aynan shunda — jamiyatlarimiz bir-birini yaxshiroq tushunishiga va do‘stona rishtalarni mustahkamlashga xizmat qilishdir». Hamkorlikning to‘rt ustuvor yo‘nalishi Fyodor Dostoyevskiyning mashhur so‘ziga ishora qilib, «Harakatdan to‘xtagan OAVda kelajak bo‘lmaydi, demak, bosh vazifa — yaratuvchanlik va hamkorlikdadir», degan g‘oyani ilgari surgan Sherzod Asadov O‘zbekiston va Rossiya o‘rtasidagi sheriklikning 4 ta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha aniq takliflarni ilgari surdi: Tajriba va kadrlar tayyorlash: Rossiyaning boy anʼanalarga ega jurnalistika maktabi hamda O‘zbekistonning rivojlanayotgan jamiyat sharoitida tezkor raqamli transformatsiya borasidagi noyob tajribasini birlashtirish. Bu borada tizimli stajirovkalar, qo‘shma jurnalistika maktablari va umumiy taʼlim platformalarini yaratish taklif qilindi. Dezinformatsiyaga qarshi birgalikda kurashish: O‘zbekistonda bu borada maxsus taʼlim platformasi yo‘lga qo‘yilib, 11 ming yosh mutaxassis o‘qitilgan. «Yolg‘on haqiqatdan tezroq tarqalayotgan dunyoda faktlarni birgalikda himoya qilish — axborot makonidagi umumiy suverenitetimiz masalasidir», deya ekspertlar salohiyatini birlashtirish va axborotni tekshirishning umumiy standartlarini yaratish tashabbusi bildirildi. Texnologik sheriklik: Raqamli platformalar, sunʼiy intellekt va Big Data bilan ishlashda qo‘shma ishlanmalar yaratish. Bu ikki davlatga global trendlar ortidan quvish emas, balki trendlarni birgalikda belgilash imkonini beradi. To‘g‘ridan-to‘g‘ri aloqalar: Kelishuvlar faqat real, amaliy munosabatlar mavjud bo‘lgandagina samara beradi. Tahririyatlar, jurnalistlar va blogerlar o‘rtasidagi muntazam aloqalar barqaror sheriklikning muhim mozaikasi bo‘lib qolishi zarur. Do‘st topgan — xazina topar Prezident matbuot kotibi o‘z nutqini ulug‘ mutafakkir Alisher Navoiyning «Kimki do‘st topsa, xazina topibdi» degan hikmatli so‘zlari bilan yakunladi. Taʼkidlanganidek, Toshkentdagi ushbu forum ishtirokchilarga ishonchli va istiqbolli hamkorlar topish, mushtarak loyihalarni boshlash va xalqlarimiz o‘rtasidagi ko‘p asrlik do‘stlik aloqalarini yangi amaliy mazmun bilan boyitish uchun muhim start maydoni bo‘lib xizmat qiladi. Forum ishi to‘rtta yirik panel sessiyasi, kibermakonda axborot xavfsizligi va bolalarni himoya qilish bo‘yicha maxsus seminar hamda B2B muzokaralari bilan davom etmoqda.

Aerogeofizika bo‘yicha xalqaro hamkorlik
Tog‘-kon sanoati va geologiya vazirligi tarkibidagi "O‘zbek geologiya qidiruv" aksiyadorlik jamiyati aerogeofizik tadqiqotlarni amalga oshirish uchun TOP kompaniyalari sirasiga kiruvchi dunyoning eng yirik global yetakchisi hisoblangan “Xcalibur Smart Mapping” kompaniyasi bilan istiqbolli maydonlarni aniqlashga qaratilgan qo‘shma hamkorlik shartnomasini imzoladi. Mazkur strategik bitim mamlakatimizning geologiya-qidiruv ishlarida zamonaviy usullarni joriy qilish, xususan ilg‘or aerogeofizika uskunalari va sun’iy intellekt orqali yer osti boyliklarini hamda yangi ma’danli konlarni ochish uchun istiqbolli maydonlarni bir necha barobar tez aniqlash imkonini beradi. Qo‘shma loyiha doirasida O‘zbekistonning geologik jihatdan murakkab va hali to‘liq o‘rganilmagan, yer qarining chuqur sathlarini, tog‘li hamda cho‘l hududlarini "Xcalibur Smart Mapping" kompaniyasining maxsus geofizik uskunalari bilan jihozlangan xavo kemalari orqali aerogeofizik ishlari amalga oshiriladi. Loyiha faqat ma’lumot yig‘ish bilan cheklanib qolmaydi. Hamkorlik doirasida havodan olingan ulkan hajmdagi geofizik ma’lumotlar Xcalibur kompaniyasining ilg‘or sun’iy intellekt va mashinali o‘qitish algoritmlari yordamida raqamli formatga o‘tkaziladi. Natijada, O‘zbekistonning geologik maydonlarining mukammal raqamli 3D modellari yaratilib, burg‘ilash quduqlarini qayerda va qanday chuqurlikda o‘tish kerakligi aniq ilmiy asoslab beriladi. Bu esa qidiruv sarf-xarajatlarini va vaqtni keskin tejaydi. Bugungi kunda Tog‘-kon sanoati va geologiya vazirligi oldida mamlakatimizning mineral-xomashyo salohiyatini mustahkamlashni jadallashtirish hamda sohani xalqaro talablar, zamonaviy texnologiyalar asosida rivojlantirishdek g‘oyat dolzarb vazifa turibdi. "Xcalibur Smart Mapping" bilan yo‘lga qo‘yilgan hamkorlik bu boradagi strategik qadamlarimizdan biridir. Ushbu shartnoma ilg‘or aerogeofizik texnologiyalarni amaliyotga joriy etish, yangi istiqbolli kon maydonlarini aniqlash va geologiya-qidiruv ishlarini tizimli rejalashtirishda yangi marralarni ochadi. Ishonchim komilki, aksiyadorlik jamiyat geologlarining ko‘p yillik tajribasi hamda xorijiy hamkorlarimizning ilg‘or texnologik imkoniyatlari uyg‘unligi kelajakdagi yirik sarmoya loyihalari uchun poydevor bo‘lib xizmat qiladi.“ – dedi Shamsiddin Alimov. “O‘zbek geologiya qidiruv” AJ va xorijiy hamkorlar qayd etganidek, ushbu loyihadan olingan yuqori sifatli geologik ma’lumotlar xalqaro standartlarga ESG tamoyillariga to‘liq mos keladi. Bu esa kelgusida Respublikamizning tog‘-kon sektoriga xorijiy investorlarni va yirik tog‘-kon korporatsiyalarini minimal xatarlar bilan jalb qilishda eng kuchli va ishonchli vositaga aylanadi. Shuningdek, dasturda magnit, radiometrik va iCORUS-iX skalyar gravimetrik tadqiqotlar samolyotga o‘rnatilgan TEMPEST™ hamda vertolyotda qo‘llaniladigan HeliTEM™ vaqt sohasidagi elektromagnit tadqiqotlari, shuningdek FALCON™ havo gravitatsion gradiyentometriyasi bilan birlashtiriladi. Olingan ma’lumotlar geologik talqin va foydali qazilmalarni keyingi izlash uchun istiqbolli maydonlarni aniqlashga yordam beradi. Ushbu texnologiyalarning ayrimlari Markaziy Osiyodagi mintaqaviy aerogeofizik xaritalash dasturida ilk bor qo‘llaniladi. Qo‘shma hamkorlik loyihasi doirasida, O‘zbekistonlik yosh geologlar va muhandislar uchun geofizika ma’lumotlarini qayta ishlash bo‘yicha xalqaro malaka oshirish va tajriba almashish dasturlari hamda treninglar tashkil etilishi belgilangan.

“Geological Survey of Finland” hamda “EGS partners” xalqaro tashkilotlari vakillari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi
“O‘zbek geologiya qidiruv” AJ Markaziy apparatida “Geological Survey of Finland” (Finlyandiya geologiya xizmati) hamda “EGS partners” xalqaro tashkilotlari vakillari bilan uchrashuv o‘tkazildi. Uchrashuvda Tog‘-kon sanoati va geologiya vazirligi mas’ul xodimlari, jamiyat rahbariyati hamda xalqaro tashkilot vakillari   ishtirok etishdi. Mazkur uchrashuv mamlakatimiz tog‘-kon sanoati va geologiya sohasiga ilg‘or xalqaro tajriba, zamonaviy raqamli texnologiyalar hamda innovatsion yechimlarni jalb etish yo‘lidagi muhim qadam bo‘ldi. Tasdiqlangan dasturga muvofiq, xalqaro ekspertlar tashrifi faqat muzokaralar bilan cheklanib qolmay, keng qamrovli amaliy jarayonlarni ham o‘z ichiga oladi.

KASABA UYUSHMASI A’ZOLARINING HUQUQLARI
O‘zbekiston Respublikasining “Kasaba uyushmalari to‘g‘risida”gi Qonuni hamda kasaba uyushmalarining ustavlariga muvofiq, kasaba uyushmasi a’zolari bir qator huquq va imkoniyatlarga ega.Jumladan, ular:mehnat huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilishda huquqiy yordam olish;kasaba uyushmasi faoliyatida ishtirok etish, saylash va saylanish;uyushma faoliyati hamda moliyaviy mablag‘lar sarfi haqida axborot olish;belgilangan tartibda moddiy yordam va ijtimoiy xizmatlardan foydalanish;o‘z xohishiga ko‘ra kasaba uyushmasi a’zoligidan chiqish huquqiga ega.Kasaba uyushmasi — xodimlarning mehnat huquqlari, ijtimoiy-iqtisodiy manfaatlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilishda muhim tayanchdir.O‘z huquqlaringizni biling va ulardan samarali foydalaning!

MEHNAT SOHASIDA TAZYIQ VA ZO‘RAVONLIKKA YO‘L YO‘Q!
Har bir xodim xavfsiz mehnat muhiti, hurmat va teng munosabatga haqli. Tazyiq, kamsitish, haqorat va zo‘ravonlik holatlarining oldini olish, murojaatlarni xolis ko‘rib chiqish hamda jabrlanganlarni himoya qilish — muhim vazifamizdir. Unutmang: har bir xodim — qadriyat, har bir murojaat — e’tibor! #XavfsizMehnat #MehnatHuquqlari #Zo‘ravonlikkaYo‘lYo‘q

“Halollik marafoni: 3 soha – 1 tamoyil” mavzusida ochiq muloqot o‘tkazildi
Joriy yilning 12-noyabr kuni “O‘zbek geologiya qidiruv” aksiyadorlik jamiyatida e’lon qilingan “Korrupsiyaga qarshi kurashish oyligi” doirasida targ‘ibot tadbiri tashkil etildi. Mazkur tadbir O‘zbekiston “Adolat” sotsial-demokratik partiyasi bilan imzolangan Memorandumda belgilangan hamkorlik yo‘nalishlari asosida “Halollik marafoni: 3 soha – 1 tamoyil” mavzusida ochiq muloqot shaklida o‘tkazildi.Tadbir “Adolat” sotsial-demokratik partiyasi, Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi, Ichki ishlar vazirligi, O‘zbekiston Sudyalar assotsiatsiyasi, Tog‘-kon sanoati va geologiya vazirligi hamda “O‘zbek geologiya qidiruv” AJ hamkorligida tashkil etildi.Ochiq muloqotda davlat va jamoat tashkilotlari vakillari, soha mutaxassislari hamda jamiyat xodimlari ishtirok etdi.Tadbir davomida “Adolat” SDP Siyosiy Kengashi raisi o‘rinbosari Abdukamol Rahmonov, Oliy Majlis Qonunchilik palatasining Fan, ta’lim, madaniyat, sport va yoshlar masalalari qo‘mitasi raisi o‘rinbosari, “Adolat” SDP fraksiyasi a’zosi Oydin Abdullayeva, O‘zbekiston Sudyalar assotsiatsiyasi raisining o‘rinbosari Fayzulla Abduazimov, Ichki ishlar vazirligi Akademiyasi professori, polkovnik Sharif Qobilov, “O‘zbek geologiya qidiruv” AJ bosh muhandisi o‘rinbosari Bektosh Eshmurzayev, jamiyat Korrupsiyaga qarshi ichki nazorat xizmati boshlig‘i Dodoxon Saidaxborov hamda Tog‘-kon sanoati va geologiya vazirligi Korrupsiyaga qarshi ichki nazorat bo‘limi bosh mutaxassisi Azizjon Merdjalilovlar ma’ruzalari bilan ishtirok etdilar. Ma’ruzalarda fuqarolarning huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilishda ochiqlik, shaffoflik va jamoatchilik nazoratining ahamiyati, odil sudlovning adolatli jamiyatni shakllantirishdagi o‘rni, halollik va korrupsiyaga murosasiz munosabatni qaror toptirish, shuningdek, korrupsiyaga qarshi kurashish borasida amalga oshirilayotgan ishlar, erishilgan natijalar va ustuvor vazifalar atroflicha yoritildi.Shuningdek, Tog‘-kon sanoati va geologiya vazirligi tizimida korrupsiyaning oldini olish, manfaatlar to‘qnashuviga yo‘l qo‘ymaslik, ichki nazorat mexanizmlarini takomillashtirish hamda sohada korrupsiyaga qarshi kurashish borasida erishilgan natijalar haqida ma’lumot berildi.Ochiq muloqot davomida ishtirokchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob oldilar, mavzu yuzasidan fikr va takliflarini bildirdilar. Tadbir yakunida jamiyat xodimlari o‘rtasida korrupsiyaga oid tushuncha va atamalar bo‘yicha bilimlarni sinovdan o‘tkazish maqsadida savol-javob hamda bilimlar sinovi tashkil etildi.Ta’kidlash joizki, bunday targ‘ibot tadbirlari xodimlarning huquqiy savodxonligini oshirish, korrupsiyaga nisbatan murosasiz munosabatni shakllantirish, mehnat jamoasida halollik, ochiqlik va shaffoflik tamoyillarini mustahkamlashga xizmat qiladi.Zero, korrupsiyaga qarshi kurashish faqatgina alohida tashkilotlarning emas, balki har bir fuqaro va jamoaning umumiy mas’uliyatidir.“O‘zbek geologiya qidiruv” AJAxborot xizmati

Samarali hamkorlik munosib e'tirof etildi
11-noyabr — O‘zbekiston kasaba uyushmalari kuni munosabati bilan “O‘zbek geologiya qidiruv” AJ boshqaruv raisi Alimov Shamsiddin Paxritdinovich O‘zbekiston energetika, neft-gaz va geologiya xodimlari kasaba uyushmasining Faxriy yorlig‘i bilan taqdirlandi.Ushbu e’tirof Shamsiddin Alimovning xodimlarning mehnat va ijtimoiy-iqtisodiy manfaatlarini himoya qilish, ularning qonuniy huquqlarini ta’minlash, mehnat munosabatlarida adolat va o‘zaro hamkorlik tamoyillarini mustahkamlash borasidagi munosib hissasining e’tirofi bo‘ldi. Shuningdek, korxonada kasaba uyushmalari bilan samarali ijtimoiy sheriklikni rivojlantirish, xodimlar manfaatlarini qo‘llab-quvvatlash hamda mehnat jamoasida sog‘lom ijtimoiy muhitni shakllantirish yo‘lidagi sa’y-harakatlar ham mazkur yuksak e’tirofga asos bo‘ldi.Ushbu taqdirlov Shamsiddin Alimovning kasaba uyushmalari bilan hamkorlikni mustahkamlash va xodimlar manfaatlarini himoya qilish yo‘lidagi faoliyatiga berilgan munosib bahodir.

Biz haqimizda

Batafsil

Geologiya sohasidagi ilmiy tadqiqotlar natijalarini amaliyotga joriy etish, o‘qitishning zamonaviy uslublaridan keng foydalanish, geologiya sohasida yuqori malakali kadrlarni tayyorlash tizimini tubdan takomillashtirish, shuningdek, ta’lim jarayonining moddiy-texnika bazasini ilg‘or xorijiy texnologiyalar asosida mustahkamlaydi

0
Markaziy ekspeditsiyalar
0
Ishchilar
0
Laboratoriya
0
Burg'ilash uskunalari
0
Texnikalar

Ish faoliyatimiz

Birinchi ish

Birinchi ish

Istiqbolli maydonlarni o‘rganish va loyihalashtirish ishlari asosida dala ishlarini amalga oshirish

Ikkinchi ish

Ikkinchi ish

Yer usti geologik-geofizik o‘rganish ishlari, burg‘ilash, yer usti yer osti tog‘-kon o‘tish ishlarini amalga oshirish

Uchinchi ish

Uchinchi ish

Olingan dala materiallari asosida laboratoriya tahlilarini olib borish, laboratoriya tahlilar va dala kuzatuv materiallarini qayta ishlash jarayoni, barcha to‘plangan maʼlumotlar asosida maydonning geologik xususiyatlarini yoritib berish va shu asosida zaxira yoki bashorat resurslari haqida yakuniy geologik hisobot tuzish

Interaktiv xizmatlar

Foydali havolalar

Hamkorlarimiz