- Asosiy
- Matbuot markazi
- Yangiliklar
“O‘zbek geologiya qidiruv” AJ va VIMS o‘rtasidagi hamkorlikning navbatdagi bosqichiga qadam qo‘yildi
33
Metrologiya, standartlashtirish va akkreditatsiya bo‘limi mutaxassislari “O‘zbek geologiya qidiruv” AJ Markaziy laboratoriyasi hamda Analitik laboratoriya majmuasiga tashrif buyurishdi. Tashrif davomida laboratoriyalararo qiyosiy sinovlar, metrologiya, standartlashtirish va akkreditatsiya yo‘nalishlaridagi hamkorlik masalalari muhokama qilindi. Shuningdek, Markaziy laboratoriyada ISO 17034 va ISO 17043 standartlari talablari asosida o‘tkazilgan ichki audit jarayonlarida ishtirok etishdi.



Uchrashuv yakunida tomonlar geologiya-qidiruv sohasida hamkorlikni yanada kengaytirish va qo‘shma loyihalarni davom ettirishga kelishib oldilar.
