- Asosiy
- Matbuot markazi
- Yangiliklar
Juma — milliy liboslar kuni
30
Qizilqum markaziy geologiya qidiruv ekspeditsiyasida milliy qadriyatlarimizni asrab-avaylash va targ‘ib etish maqsadida “Juma — milliy liboslar kuni” tadbiri o‘tkazildi.

Tadbir doirasida jamoa xodimlari milliy liboslarda ishtirok etib, xalqimizning boy madaniy merosi, milliy an’ana va qadriyatlariga bo‘lgan hurmatini namoyon etdilar.


Bunday tadbirlar milliy o‘zlikni anglash, ma’naviy qadriyatlarni keng targ‘ib qilish hamda jamoada ahillik va birdamlik muhitini mustahkamlashga xizmat qiladi.
