"O'zbek geologiya qidiruv" AJ xodimlari, yurtimizda ichki turizmni rivojlantirish, tarixiy-madaniy obidalarni ziyorat qilish maqsadida Buxoro viloyatiga sayohat qilishdi.Sayohatchilar butun dunyo musulmonlari uchun tabarruk maskanlar hisoblanmish Yetti pir — Abduxoliq G‘ijduvoniy, Muhammad Orif Revgariy, Mahmud Anjir Fag‘naviy, Xoja Ali Romitaniy, Muhammad Boboyi Samosiy, Sayyid Amir Kulol, Bahouddin Naqshband me’moriy majmualari va bir necha ming yillik tarixga ega bo’lgan me’moriy obidalar bilan bir qatorda, “Labi Hovuz”, “Minorai Kalon”, “Buxoro zindoni” kabi ko’plab tarixiy qadamjolarni ziyorat qilishdi.