1. Asosiy
  2. Matbuot markazi
  3. Rahbariyatning chiqish va bayonotlari

Rahbariyatning chiqish va bayonotlari

“O‘zbek geologiya qidiruv” AJ boshqaruv raisi Shamsiddin Alimovning jamiyat xodimlariga murojaati
So‘nggi yillarda amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar natijasida bugun barcha sohalarga katta e’tibor qaratilmoqda. Amalga oshirilayotgan islohotlar negizida inson qadrini ulug‘lashga qaratilgan ezgu maqsad mujassam. Barchangizga ma’lum davlatimiz rahbari tomonidan eng katta maqsad qilib olingan Korrupsiyaga qarshi kurashish, uning tag-tubi bilan yo‘q qilish yo‘lida juda katta va samarali ishlar amalga oshirilmoqda.  Xususan barcha tarmoq, soha va inson faoliyat olib borayotgan quyi jabhalarda ham ishlar, xizmatlar, faoliyatlar, yetkazib berish sohalari me’yoriy hujjatlar, tartiblar, reglamentlar, monitoringlar, hisobdorliklar va avtomatlashtirishlar nazoratga olindi. Bu esa bir qancha korrupsiyaviy holatlarning oldi olinishiga, hal qiluv jarayonlarida inson omilining kamayishiga, keraksiz va noo‘rin xarajatlarning oldini olinishiga erishilmoqda. Oxirgi yillarda yurtimizda korrupsiyaning oldini olish va unga qarshi kurashish bo‘yicha aniq tizim yaratildi, alohida qonunlar qabul qilindi. Parlament palatalarida mas’ul qo‘mitalar, Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha milliy kengash va agentlik tashkil qilindi. Eng muhimi, jamiyatda korrupsiya muammosini jamoatchilik muhokamasiga olib chiqadigan ochiq tizim, ochiq muhit yaratildi, ayniqsa, ommaviy axborot vositalarining bu boradagi o‘rni va ta’siri ortib bormoqda. Ochiqlik bo‘yicha xalqaro reytinglardagi mamlakatimizning o‘rni 138 pog‘onaga yaxshilanib, Markaziy Osiyoda birinchi, dunyoda 30-o‘ringa ko‘tarildi. Inson omilining kamaytirish evaziga: Yerni hokim qarori bilan ajratishdan to‘liq voz kechilib, auksion tizimiga o‘tilgani natijasida bu tizim xalqchil bo‘ldi, Qurilish sohasi “Shaffof qurilish” dasturi joriy etilganidan keyin bu yo‘nalishda ham ijobiy o‘zgarishlar sezildi, Davlat xaridlari bo‘yicha qonun qabul qilingani, tanlov va tender raqamlashib, sog‘lom raqobatni yuzaga keltirdi, Kredit olishda maishiy kreditlarni inson omilisiz 5 daqiqa ichida onlayn rasmiylashtirishlarga erishildi. “O‘zbek geologiya qidiruv” aksiyadorlik jamiyati ham geologiya-qidiruv ishlaridagi samaradorlikni va natijadorlikni oshirish kabi bir qator vazifalarni mavjud. Xususan, tashkilotimizning barcha tarmoqlarida taraqqiyotimizga g‘ov bo‘luvchi korrupsiya illatiga murosasiz kurash tizimini yaratishimiz lozim. Bugungi kunda korrupsiyaga qarshi kurashish borasida alohida qonunlar qabul qilinib, huquqiy asoslar mustahkamlanmoqda. Xususan, 2017 yil O‘zbekiston Respublikasining “Korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risida”gi Qonuni, 2021 yil O‘zbekiston Respublikasining “Davlat xaridlar to‘g‘risida”gi Qonun, 2024 “Manfaatlar to‘qnashuvi to‘g‘risida”gi Qonunlar va bir qator chora-tadbirlar qabul qilindi. Korrupsiyaga qarshi kurashish yo‘nalishda “O‘zbek geologiya qidiruv” aksiyadorlik jamiyatida amalga oshirilayotgan islohotlarning samaradorligini oshirish, korrupsiyaga qarshi kurashishni kuchaytirish maqsadida tashkil etilgan Korrupsiyaga qarshi ichki nazorat bo‘limi faoliyat olib bormoqda. Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha olib borilayotgan davlat siyosatining harakatlantiruvchi kuchi sifatida davlat organlari, fuqarolik jamiyati institutlari, fuqarolarimiz tomonidan ushbu illatga qarshi olib borilayotgan kurashni yagona tizimli harakatga aylantirish ishlari olib borilmoqda, ushbu illatga qarshi murosasizlik va toqatsizlik muhitini ya’ni jamoatchilik nazoratini kuchaytirish orqali sodir etilishi mumkin bo‘lgan korrupsion holatlarni oldini olish barchamizga birdek vazifa bo‘lishi lozim. Buning uchun sodiqlik, halollik, vatanparvarlik va mas’uliyatni faoliyatning asosiy tamoyiliga aylantirgan holda, Jamiyatning har bir xodimi jamoamiz oldiga qo‘yilgan vazifalarni vijdonan, xolis va yuqori saviyada amalga oshirishi lozim. Shu nuqtai nazardan, korrupsiya bilan bog‘liq bo‘lgan takliflar, arizalar yoki shikoyatlari bo‘lgan har bir xodimni Jamiyatning aloqa kanallari orqali xabar berishga chaqiramiz. “O‘zbek geologiya qidiruv” AJ xodimi degan yuksak sharafli maqom egasi sifatida korrupsiyaviy jinoyatlarning oqibatlari bilan emas, uni keltirib chiqaruvchi sabab, shart-sharoitlariga qarshi kurashish, korrupsiyaning oldini olish va unga qarshi kurashish faoliyati samaradorligini oshirishda barcha birdek ko‘maklashishga tayyor bo‘lishi lozim. Jamiyatning barcha bo‘linmalarida faoliyat olib borayotgan barcha xodimlar o‘zining ish faoliyatini kasbiga mehr, sadoqat, halollik, oshkoralik kabi tamoyillar asosida tashkil qilishi zarur. Bunda Jamiyat va uning xodimlari o‘zlarining barcha resurslarini – kuch-g‘ayratini, imkoniyatlarini, kasbiy hamda intellektual salohiyatini safarbar etadi, deb ishonaman! Yurtimiz ravnaqi yo‘lida qilayotgan mehnatingizda barchangizga omad va zafarlar hamroh bo‘lsin!   Boshqaruv raisi Sh.P.Alimov  

92

Foydali havolalar