Vatanimiz mustaqilligining qutlug‘ 35 yillik ayyomi arafasida “O‘zbek geologiya qidiruv” aksiyadorlik jamiyatida Yangi O‘zbekiston ravnaqi va geologiya sohasi rivojiga ulkan hissa qo‘shgan bir guruh fidoiy soha xodimlarini “O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining 35 yilligi” esdalik nishoni bilan taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi.Tadbirda Jamiyat boshqaruv raisi, rahbar o‘rinbosarlari va xodimlar ishtirok etdi. Tadbirni kirish so‘zi bilan ochgan Jamiyat boshqaruv raisi – Shamsiddin Alimov barcha yig‘ilganlarni va mukofot egalarini eng ulug‘, eng aziz bayram — Istiqlolning 35 yilligi bilan tabriklab, davlatimiz rahbarining tegishli farmonlari bilan ta’sis etilgan “O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining 35 yilligi” esdalik nishoni mamlakatimiz iqtisodiyotini yuksaltirish, mineral-xomashyo bazasini mustahkamlash, konlarda tun-u kun murakkab sharoitlarda mehnat qilayotgan soha vakillarining mashaqqatli mehnatiga berilgan yuksak e’tirofligini alohida ta'kidlab o'tdi. Tadbir davomida tizim xodimlariga esdalik nishonlari hamda ularning guvohnomalari tantanali va bayramona ruhda topshirildi.
Taqdirlanganlar so‘zga chiqib, geologiya sohasi xodimlariga ko‘rsatilayotgan bunday yuksak e’tibor va rag‘bat uchun davlatimiz rahbariga o‘z minnatdorliklarini bildirdilar hamda kelgusida yangi-yangi yer osti boyliklari, konlarni kashf etish orqali iqtisodiyotimiz poydevorini mustahkamlashga bor kuch-g‘ayratlarini safarbar etishlarini ta’kidladilar.
Shuningdek, Prezident Farmoniga asosan, Jamiyatning “Qizilqum” markaziy geologiya qidiruv ekspeditsiyasi “Dovg‘iztov” dala ekspeditsiyasi mashinisti Ergashev Uktam Salimovichning “Shuhrat” medali bilan taqdirlangani butun jamoaga cheksiz faxr va iftixor bag‘ishlagani alohida ta’kidlandi.Mamlakatimiz bo‘ylab mustaqilligimizning 35 yilligi keng nishonlanmoqda.