1. Asosiy
  2. Matbuot markazi
  3. Yangiliklar

Samarqandda axloq kodeksiga bag‘ishlangan yig‘ilish o‘tkazildi

11

Samarqand markaziy geologiya qidiruv ekspeditsiyasi hamda uning tarkibidagi dala ekspeditsiyalarida “O‘zbek geologiya qidiruv” aksiyadorlik jamiyatining Axloq kodeksida belgilangan talablar yuzasidan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi. Unda ishchi-xodimlarning xizmat faoliyatidagi kasbiy madaniyati, odob-axloqi, mehnat sharoitlari va xizmat majburiyatlarini bajarish jarayonida fuqarolarga nisbatan hurmat bilan munosabatda bo‘lish masalalari muhokama qilindi.


Yig‘ilish davomida xodimlarning umumiy qabul qilingan ish uslubiga muvofiq faoliyat yuritishi, rasmiylik, xolislik, kamtarlik, intizom va muomala madaniyatiga qat’iy amal qilishi zarurligi alohida ta’kidlandi. Tadbirda odob-axloq va muomala madaniyatiga oid ibratli bitiklar ham o‘qib eshittirildi.

Shuningdek, yig‘ilish davomida xodimlarni yaqinlashib kelayotgan Qurbon hayiti bilan muborakbod etildi.
Tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Kitobxonlik madaniyatini rivojlantirish va aholi o‘rtasida kitob o‘qishga qiziqishni oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori ijrosi yuzasidan ham fikr almashildi. Markaziy geologiya qidiruv ekspeditsiyasida ishlab chiqilgan ish rejasiga muvofiq yosh ishchi-xodimlarning kitobxonlikka bo‘lgan qiziqishini oshirish maqsadida targ‘ibot tadbirlarini yanada ko‘paytirish bo‘yicha takliflar bildirildi.
Bo‘lishish

Foydali havolalar