1. Asosiy
  2. Matbuot markazi
  3. Yangiliklar

1-iyun — Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni!

12

Aziz va mehribon bolajonlar!

Sizlar — Yangi O‘zbekistonning porloq kelajagi, har bir oilaning quvonchi va yurtimizning eng katta boyligisiz.

Bugungi kunda mamlakatimizda bolalarning sifatli ta’lim olishi, o‘z iqtidori va salohiyatini erkin namoyon etishi, zamonaviy sharoitlarda ulg‘ayishi uchun keng imkoniyatlar yaratilmoqda.



Sizlarning quvnoq kulgingiz, beg‘ubor orzularingiz va yutuqlaringiz kuch va ilhom bag‘ishlaydi. Farovon va tinch yurtda bolalikning baxtli onlarini surayotganingizni ko‘rish — eng katta saodatdir.

Kelajakda ilmli, tashabbuskor, Vatanga sadoqatli hamda yurt ravnaqiga hissa qo‘shadigan barkamol avlod bo‘lib voyaga yetishingizga ishonamiz.

Bayramingiz muborak bo‘lsin!

Bo‘lishish

Foydali havolalar