1. Asosiy
  2. Matbuot markazi
  3. Yangiliklar

Xalqaro bolalarni himoya qilish kunida xayriya ko‘rgazmasi tashkil etildi

11

1-iyun – Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni munosabati bilan Tog‘-kon sanoati va geologiya vazirligi tashabbusi bilan oqqon va saraton kasalligi bilan kurashayotgan bolalar tomonidan chizilgan rasmlar ko'rgazmasi tashkil etildi.

Mazkur xayriya tadbiri bolalarning ijodiy qobiliyatlarini qo‘llab-quvvatlash, ularga ma’naviy dalda berish hamda jamiyatda mehr-oqibat va insonparvarlik qadriyatlarini yanada mustahkamlash maqsadida o‘tkazildi.

Ko'rgazmada bolalarning rang-barang tasavvuri va orzu-intilishlari aks etgan ijodiy ishlari namoyish etildi. Tadbir ishtirokchilari ushbu rasmlarni xarid qilish orqali xayriya aksiyasiga o‘z hissalarini qo‘shdilar.

Bunday ezgu tashabbuslar og‘ir xastalik bilan kurashayotgan bolalarga nafaqat moddiy, balki ruhiy ko‘mak berib, ularda hayotga bo‘lgan ishonch va umidni yanada mustahkamlashga xizmat qiladi.

Bo‘lishish

Foydali havolalar