- Asosiy
- Matbuot markazi
- Yangiliklar
Vodniy soy uchastkasida geologik qidiruv ishlari izchil davom etmoqda
11
Hisor markaziy geologiya qidiruv ekspeditsiyasi Surxondaryo dala ekspeditsiyasining Vodniy soy uchastkasida geologik-qidiruv ishlari belgilangan reja asosida olib borilmoqda.
Mazkur ishlar yurtimiz mineral-xom ashyo bazasini rivojlantirish va qayta tiklash davlat dasturi loyihasi hamda “Olmaliq KMK” AJ bilan tuzilgan qo‘shma hamkorlik asosida amalga oshirilmoqda. Loyihadan asosiy maqsad — Xondiza ma’danli maydonidagi “Vodniy soy” uchastkasida polimetall ma’dan resurslari va zaxiralarini oshirishdan iborat.

.jpg)
Xondiza polimetall koni Hisor tog‘ tizmasining janubiy-g‘arbiy qismidagi Surxontog‘ tog‘larining markaziy hududida joylashgan bo‘lib, geografik jihatdan Surxondaryo viloyati Sariosiyo tumaniga to‘g‘ri keladi.
Bugungi kunda uchastkada yer osti tog‘ lahm o‘tish hamda yer osti burg‘ilash ishlari olib borilmoqda. O‘tilgan lahmlardan geologik namunalar olinib, tahlil ishlari amalga oshirilmoqda.
Shuningdek, kelgusida mavjud zaxiralarni yanada ko‘paytirish maqsadida yer osti lahm o‘tish va burg‘ilash ishlari jadallik bilan davom ettirilmoqda.
