1. Asosiy
  2. Matbuot markazi
  3. Yangiliklar

Toshkent markaziy geologiya qidiruv ekspeditsiyasi xodimlari Buxoro shahriga sayohat qilishdi

15

Toshkent markaziy geologiya qidiruv ekspeditsiyasi xodimlari uchun Buxoro shahriga ma'naviy-ma'rifiy va madaniy sayohat tashkil etildi. Sayohatdan ko'zlangan asosiy maqsad jamoa a'zolarining tarixiy meroslarimiz bilan yaqindan tanishishi, ularning ma'naviy dunyoqarashini boyitish hamda jamoaviy birlikni mustahkamlashdan iborat.

 

Sayohat davomida xodimlar qadimiy va boqiy Buxoro shahrining mashhur tarixiy-me'moriy obidalari, jumladan Ark qo’rg’oni, Minorayi Kalon, Labi Xovuz majmuasi, Chor Minor hamda boshqa diqqatga sazovor maskanlarga tashrif buyurishdi. Buxoro O'zbekistonning eng qadimiy shaharlaridan biri bo'lib, o'zining boy tarixiy va noyob me'moriy yodgorliklariga ega shahar hisoblanadi.



Bunday sayohatlar xodimlarning bo'sh vaqtini mazmunli tashkil etishdan iborat. Toshkent markaziy geologiya qidiruv ekspeditsiyasi tomonidan kelgusida ham xodimlar uchun mamlakatimizning tarixiy va madaniy maskanlariga sayohatlar tashkil etilishi rejalashtirilgan.

Bo‘lishish

Foydali havolalar