- Asosiy
- Jamiyat haqida
- Jamiyat kasaba uyushmasi
Jamiyat kasaba uyushmasi
“O‘zbek geologiya qidiruv” AJ BKUQsi qonunchilikda belgilangan tartibda ijtimoiy sheriklik tamoyillari asosida ishlab chiqarish sifat va samaradorligini oshirish, mehnat intizomini mustahkamlash, ishchi -xodimlarning mehnatga oid munosabatlarda huquqlari, burchlari imtiyozlari kafolatlarini taʼminlash, mehnatkashlar manfaatlarini ijtimoiy-iqtisodiy jihatdan himoya qilish deb biladi va shu maqsadida 2022-2024 yillar uchun jamoa shartnomasi tuzildi. Mazkur jamoa shartnomasida ishlab chiqarish va iqtisodiy faoliyat, mehnat shartnomasi va bandlik kafolatlari, ish vaqti va dam olish vaqti, mehnatga haq to‘lash, kafolatli to‘lovlar va kompensatsiya to‘lovlari, mehnat intizomi, ijtimoiy sug‘urta , ijtimoiy imtiyoz va kafolatlar, ayollar va yoshlarga ajratilgan qo‘shimcha imtiyozlar aks etgan va kasaba uyushma qo‘mitasi ushbu jamoa shartnomasi shartlarining bajarilishini nazorat qilishni o‘zining asosiy burchi va vazifasi deb biladi.
Kasaba uyushma qo‘mita shtatida uch nafar xodim ishlaydi. Kasaba uyushma qo‘mita raisi M.M.Iminov, rais o‘rinbosari I.A.Raximov, hisobchi D.B. Usmonova.
Ishchi-xodimlarning tizimli dam olishlarini taʼminlash maqsadida «Chotqol» sihatgohi bilan shartnoma imzolangan va bir oyda 60 nafar xodim salomatligini qayta tikladi.
Ishchi-xodimlarning farzandlarini yozgi mavsumda dam oldirish maqsadida talab va ehtiyojdan kelib chiqib Bo‘stonliq tumanidagi «Chotqol» , Kitob tumanidagi “Istiqlol g‘unchalari”, Urgut tumanidagi «Chorchinor» bolalar sog‘lomlashtirish oromgohlari bilan shartnoma imzolangan va hozirgi kunda 1-navbatda 180 nafar bolajon dam olmoqda. Mavsum oxirigacha 600 nafar bolajonlarning dam olishi rejalashtirilgan.