1. Asosiy
  2. Matbuot markazi
  3. Yangiliklar

“Geological Survey of Finland” hamda “EGS partners” xalqaro tashkilotlari vakillari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi

27

“O‘zbek geologiya qidiruv” AJ Markaziy apparatida “Geological Survey of Finland” (Finlyandiya geologiya xizmati) hamda “EGS partners” xalqaro tashkilotlari vakillari bilan uchrashuv o‘tkazildi. Uchrashuvda Tog‘-kon sanoati va geologiya vazirligi mas’ul xodimlari, jamiyat rahbariyati hamda xalqaro tashkilot vakillari   ishtirok etishdi. Mazkur uchrashuv mamlakatimiz tog‘-kon sanoati va geologiya sohasiga ilg‘or xalqaro tajriba, zamonaviy raqamli texnologiyalar hamda innovatsion yechimlarni jalb etish yo‘lidagi muhim qadam bo‘ldi.

Tasdiqlangan dasturga muvofiq, xalqaro ekspertlar tashrifi faqat muzokaralar bilan cheklanib qolmay, keng qamrovli amaliy jarayonlarni ham o‘z ichiga oladi.

Bo‘lishish

Foydali havolalar