1. Asosiy
  2. Matbuot markazi
  3. OAV biz haqimizda

OAV biz haqimizda

O‘zbekiston tog‘laridagi bir tonna tuproqda qancha oltin bor?
O‘zbekiston hududidagi tog‘-konlarda olib borilgan geologik qidiruvlar natijasida 1 tonna tuproqda 1 grammdan 4,22 grammgacha oltin borligi aniqlandi. Bu haqda UzA xabar bermoqda.  Taʼkidlanishicha, «O‘zbek geologiya qidiruv» kompaniyasi tarkibidagi 10 ta ekspeditsiya, bitta markaziy laboratoriya va markaziy ishlab chiqarish bazasida bir qancha loyihalar amalga oshirilib kelinmoqda.  Xususan, “Hisor” dala geologiya qidiruv ekspeditsiyasi O‘zbekiston tog‘-kon va Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlari hududlarini o‘z ichiga olgan hududlarda qattiq noruda foydali qazilmalarini va qora metallarga kompleks geologiya qidiruv ishlarini olib borilmoqda.  Qayd etilishicha, ekspeditsiya faoliyati bilan yaqindan tanishish maqsadida “Hisor” dala geologiya qidiruv ekspeditsiyasi bosh geologi Mahmadiyor Shodiqulov boshchiligida “Yaxton” uchastkasi faoliyati o‘rganilgan.  “Yaxton” konining chuqur gorizontlarida 2019 yil geologik qazish ishlari boshlangan. Hozirda 10 dan ziyod maxsus texnikalar yordamida 40 dan ortiq mutaxassislar belgilangan rejaga muvofiq yerosti tog‘ lahm o‘tish ishlarini olib bormoqda, — deydi Mahmadiyor Shodiqulov.    “Yaxton” konining chuqur gorizontlarida magmatik tog‘ jinslari bilan bog‘liq minerallashgan zonalarda oltin va volfram qidiruv ishlari olib borilmoqda.    Olib borilgan geologik qidiruv ishlari natijasida 1 tonna tuproqda 1 grammdan 4,22 grammgacha oltin, qalinligi 11 metrgacha bo‘lgan 20 dan ortiq oltin maʼdan tanalari aniqlandi. Hozirgi kunda ularning davomiyligi o‘rganilmoqda. Manbaa: https://daryo.uz/k/2022/11/27/ozbekiston-toglaridagi-bir-tonna-tuproqda-qancha-oltin-bor/

2

O‘zbekiston tog‘laridagi 1 tonna tuproqda qancha oltin borligi maʼlum qilindi
O‘zbekiston hududagi tog‘-konlarda amalga oshirilgan geologik qidiruv natijasida 1 tonna tuproqda 1 grammdan 4,22 grammgacha oltin borligi maʼlum bo‘ldi. Shuningdek, qalinligi 11 metrgacha bo‘lgan 20 dan ortiq oltin maʼdan tanalari aniqlandi.  O‘zbekiston hududagi tog‘-konlarda amalga oshirilgan geologik qidiruv natijasida 1 tonna tuproqda 1 grammdan 4,22 grammgacha oltin borligi aniqlandi, deb xabar beradi O‘zA. Qayd etilishicha, «O‘zbek geologiya qidiruv» AJ tomonidan hududlarda geologiya-qidiruv ishlarini jadal amalga oshirish, respublika mineral-xom ashyo bazasini rivojlantirish borasida istiqbolli loyihalar amalga oshirilib kelinmoqda. Xususan, “Hisor” dala geologiya qidiruv ekspeditsiyasi O‘zbekiston tog‘-kon hamda Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlari hududlarini o‘z ichiga olgan hududlarda qattiq noruda foydali qazilmalarini va qora metallarga kompleks geologiya qidiruv ishlarini olib borilyapti.Maʼlumotlarga ko‘ra, “Yaxton” konining chuqur gorizontlarida 2019 yil geologik qazish ishlari boshlangan. Hozirda 10 dan ziyod maxsus texnika yordamida 40 dan ortiq malakali mutaxassislar belgilangan rejaga muvofiq yer osti tog‘ lahm o‘tish ishlarini olib bormoqda. Hozirgi kunda “Yaxton” konining chuqur gorizontlarida magmatik tog‘ jinslari bilan bog‘liq minerallashgan zonalarda oltin va volfram qidiruv ishlari olib borilmoqda. Olib borilgan geologik qidiruv ishlari natijasida 1 tonna tuproqdan 1 grammdan 4,22 grammgacha oltin, qalinligi 11 metrgacha bo‘lgan 20 dan ortiq oltin maʼdan tanalari aniqlangan.

2

O‘zbekiston tog‘laridagi 1 tn tuproqda qancha oltin borligi maʼlum qilindi
O‘zbekiston hududagi tog‘-konlarda amalga oshirilgan geologik qidiruv natijasida 1 tonna tuproqda 1 grammdan 4,22 grammgacha oltin borligi aniqlandi, deb xabar beradi O‘zA. Qayd etilishicha, «O‘zbek geologiya qidiruv» AJ tomonidan hududlarda geologiya-qidiruv ishlarini jadal amalga oshirish, respublika mineral-xom ashyo bazasini rivojlantirish borasida istiqbolli loyihalar amalga oshirilib kelinmoqda. Xususan, “Hisor” dala geologiya qidiruv ekspeditsiyasi O‘zbekiston tog‘-kon hamda Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlari hududlarini o‘z ichiga olgan hududlarda qattiq noruda foydali qazilmalarini va qora metallarga kompleks geologiya qidiruv ishlarini olib borilyapti. Maʼlumotlarga ko‘ra, “Yaxton” konining chuqur gorizontlarida 2019 yil geologik qazish ishlari boshlangan. Hozirda 10 dan ziyod maxsus texnika yordamida 40 dan ortiq malakali mutaxassislar belgilangan rejaga muvofiq yer osti tog‘ lahm o‘tish ishlarini olib bormoqda. Hozirgi kunda “Yaxton” konining chuqur gorizontlarida magmatik tog‘ jinslari bilan bog‘liq minerallashgan zonalarda oltin va volfram qidiruv ishlari olib borilmoqda. Olib borilgan geologik qidiruv ishlari natijasida 1 tonna tuproqdan 1 grammdan 4,22 grammgacha oltin, qalinligi 11 metrgacha bo‘lgan 20 dan ortiq oltin maʼdan tanalari aniqlangan.Manbaa: https://bugun.uz/2022/11/26/ozbekiston-toglaridagi-1-tn-tuproqda-qancha-oltin-borligi-malum-qilindi/

2

Geologik qidiruv natijasida 1 tonna tuproqda 1 grammdan 4,22 grammgacha oltin borligi aniqlangan
So‘nggi yillarda mamlakatimiz geologiya sohasining ham ilmiy, ham texnologik jihatdan mustahkamlanishi natijasida geologiya-qidiruv ishlari ko‘lami kengaydi. Yangi konlar ochildi. “O‘zbek geologiya qidiruv” aksiyadorlik jamiyati geologiya sohasi tizimida va respublika mineral-xom ashyo bazasini rivojlantirish hamda qayta tiklash davlat dasturlari doirasida geologiya-qidiruv ishlariga xizmat ko‘rsatadi.   Bugungi kunda “O‘zbek geologiya qidiruv” aksiyadorlik jamiyati tarkibida 10 ta ekspeditsiya, bitta markaziy laboratoriya va markaziy ishlab chiqarish bazasi mavjud. Jamiyat tomonidan hududlarda geologiya-qidiruv ishlarini jadal amalga oshirish, respublika mineral-xom ashyo bazasini rivojlantirish borasida istiqbolli loyihalar amalga oshirilib kelinmoqda.  Xususan, “Hisor” dala geologiya qidiruv ekspeditsiyasi O‘zbekiston tog‘-kon va Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlari hududlarini o‘z ichiga olgan hududlarda qattiq noruda foydali qazilmalarini va qora metallarga kompleks geologiya qidiruv ishlarini olib borilmoqda.  Qolaversa, chuqurlik bo‘yicha yirik va o‘rta miqyosda xaritalash, maydonlarni geologik mufassal o‘rganish, regional ko‘lamli bashoratli izlanishlar va geologik tasvirlash, maxsus ildamlovchi qidiruv ishlarini olib borish, belgilangan geologik topshiriqlarni bajarilishini taʼminlash kabi bir qator muhim vazifalarni amalga oshirishga yo‘naltirilgan.  Ekspeditsiya faoliyati bilan yaqindan tanishish maqsadida “Hisor” dala geologiya qidiruv ekspeditsiyasi bosh geologi Mahmadiyor Shodiqulov boshchiligida “Yaxton” uchastkasi faoliyati o‘rganildi.  – Ekspeditsiya ko‘p yillik faoliyati davomida bir necha o‘nlab har xil turdagi maʼdanli va nomaʼdan foydali qazilma konlarini topib, respublikamiz xom ashyo bazasini rivojlantirishda o‘zining ulkan hissasini qo‘shib kelmoqda, – deydi Mahmadiyor Shodiqulov. – “Yaxton” konining chuqur gorizontlarida 2019 yil geologik qazish ishlari boshlangan. Hozirda 10 dan ziyod maxsus texnikalar yordamida 40 dan ortiq malakali mutaxassislar belgilangan rejaga muvofiq yer osti tog‘ lahm o‘tish ishlarini olib borishmoqda.   Hozirgi kunda “Yaxton” konining chuqur gorizontlarida magmatik tog‘ jinslari bilan bog‘liq minerallashgan zonalarda oltin va volfram qidiruv ishlari olib borilmoqda. Olib borilgan geologik qidiruv ishlari natijasida 1 tonna tuproqdan 1 grammdan 4,22 grammgacha oltin, qalinligi 11 metrgacha bo‘lgan 20 dan ortiq oltin maʼdan tanalari aniqlandi. Hozirgi kunda ularning davomiyligi o‘rganilmoqda.   Shuni alohida taʼkidlash kerakki, ekspeditsiya foydali qazilma konlarini izlash va qidirib chamalash uslubiyotini hamda geologiya qidiruv ishlarini olib borish texnikasi va texnologiyasini takomillashtirishga doir takliflarni tayyorlash, belgilangan tartibda burg‘ilash, konchilik, laboratoriyaga oid, topografik, geodezik, marksheyderlik, xaritalash hamda foydali qazilmalarni qazib olish kabi ishlar bilan shug‘ullanadi.   Ayni vaqtda “O‘zbek geologiya qidiruv” aksiyadorlik jamiyati tarkibidagi barcha ekspeditsiyalar tomonidan qimmatbaho, rangli, nodir va radioaktiv metallar va boshqa turdagi rudali foydali mahsulotlarni va konlarni topish maqsadida geologik qidiruv ishlari keng ko‘lamda olib borilmoqda.  Sh.Mamaturopova, O‘zA

2

Ярмаркада “Ўзбек геология қидирув” АЖ 96 турдан зиёд маҳаллий маҳсулотлар намойиш этди
Хабарингиз бор, куни кеча “Ўзэкспомарказ” миллий кўргазмалар марказида Республика тармоқлараро саноат ярмаркаси очилди. Хабарингиз бор, куни кеча “Ўзэкспомарказ” миллий кўргазмалар марказида Республика тармоқлараро саноат ярмаркаси очилди. Бўлиб ўтаётган ярмаркада мамлакатимиздаги юзга яқин корхона, ташкилотлар томонидан ишлаб чиқарилган маҳсулотлар ҳамда импорт бўйича йирик тармоқ корхоналари томонидан харид қилинган импорт ўрнини босувчи маҳсулотлар намойиш қилинмоқда. Шунингдек, ярмаркада “Ўзбек геология қидирув” АЖ ҳам фаол иштирок этмоқда. Кўргазмада жамият таркибидаги Марказий ишлаб чиқариш базасида ишлаб чиқарилган асосан геологик-қидирув жараёнида ишлатиладиган буюмлар, бурғилаш ишларида махсус техникалар учун керак бўладиган эҳтиёт қисмлари каби 96 турдан ортиқ маҳсулотлар ўрин олган. Бу эса албатта маҳаллий саноат корхоналари учун импорт ўрнини босувчи маҳсулотлар ишлаб чиқариш ҳисобига ўз фаолият соҳасини янада кенгайтиришга, рақобатбардош саноат маҳсулотларни ишлаб чиқаришга замин яратади. Ярмаркадан кўзланган асосий мақсад маҳаллий ишлаб чиқарувчи корхоналарни битта платформада жамлаш, ўзаро тажриба алмашиш ҳамда келишувлар асосида шартномалар тузилишдан иборат, деб хабар беради, “Ўзбек геология қидирув” АЖ Матбуот хизмати.Манбаа: yuz.uz

2

Foydali havolalar