1. Asosiy
  2. Matbuot markazi
  3. Yangiliklar

KASABA UYUSHMASI A’ZOLARINING HUQUQLARI

27

O‘zbekiston Respublikasining “Kasaba uyushmalari to‘g‘risida”gi Qonuni hamda kasaba uyushmalarining ustavlariga muvofiq, kasaba uyushmasi a’zolari bir qator huquq va imkoniyatlarga ega.
Jumladan, ular:

mehnat huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilishda huquqiy yordam olish;
kasaba uyushmasi faoliyatida ishtirok etish, saylash va saylanish;
uyushma faoliyati hamda moliyaviy mablag‘lar sarfi haqida axborot olish;
belgilangan tartibda moddiy yordam va ijtimoiy xizmatlardan foydalanish;
o‘z xohishiga ko‘ra kasaba uyushmasi a’zoligidan chiqish huquqiga ega.

Kasaba uyushmasi — xodimlarning mehnat huquqlari, ijtimoiy-iqtisodiy manfaatlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilishda muhim tayanchdir.

O‘z huquqlaringizni biling va ulardan samarali foydalaning!

Bo‘lishish

Foydali havolalar