1. Asosiy
  2. Matbuot markazi
  3. Yangiliklar

Samarali hamkorlik munosib e'tirof etildi

22

11-noyabr — O‘zbekiston kasaba uyushmalari kuni munosabati bilan “O‘zbek geologiya qidiruv” AJ boshqaruv raisi Alimov Shamsiddin Paxritdinovich O‘zbekiston energetika, neft-gaz va geologiya xodimlari kasaba uyushmasining Faxriy yorlig‘i bilan taqdirlandi.

Ushbu e’tirof Shamsiddin Alimovning xodimlarning mehnat va ijtimoiy-iqtisodiy manfaatlarini himoya qilish, ularning qonuniy huquqlarini ta’minlash, mehnat munosabatlarida adolat va o‘zaro hamkorlik tamoyillarini mustahkamlash borasidagi munosib hissasining e’tirofi bo‘ldi. Shuningdek, korxonada kasaba uyushmalari bilan samarali ijtimoiy sheriklikni rivojlantirish, xodimlar manfaatlarini qo‘llab-quvvatlash hamda mehnat jamoasida sog‘lom ijtimoiy muhitni shakllantirish yo‘lidagi sa’y-harakatlar ham mazkur yuksak e’tirofga asos bo‘ldi.

Ushbu taqdirlov Shamsiddin Alimovning kasaba uyushmalari bilan hamkorlikni mustahkamlash va xodimlar manfaatlarini himoya qilish yo‘lidagi faoliyatiga berilgan munosib bahodir.

Bo‘lishish

Foydali havolalar