1. Asosiy
  2. Matbuot markazi
  3. OAV biz haqimizda

O‘zbekiston tog‘laridagi 1 tonna tuproqda qancha oltin borligi maʼlum qilindi

85

O‘zbekiston hududagi tog‘-konlarda amalga oshirilgan geologik qidiruv natijasida 1 tonna tuproqda 1 grammdan 4,22 grammgacha oltin borligi maʼlum bo‘ldi. Shuningdek, qalinligi 11 metrgacha bo‘lgan 20 dan ortiq oltin maʼdan tanalari aniqlandi. 

O‘zbekiston hududagi tog‘-konlarda amalga oshirilgan geologik qidiruv natijasida 1 tonna tuproqda 1 grammdan 4,22 grammgacha oltin borligi aniqlandi, deb xabar beradi O‘zA.

Qayd etilishicha, «O‘zbek geologiya qidiruv» AJ tomonidan hududlarda geologiya-qidiruv ishlarini jadal amalga oshirish, respublika mineral-xom ashyo bazasini rivojlantirish borasida istiqbolli loyihalar amalga oshirilib kelinmoqda.

Xususan, “Hisor” dala geologiya qidiruv ekspeditsiyasi O‘zbekiston tog‘-kon hamda Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlari hududlarini o‘z ichiga olgan hududlarda qattiq noruda foydali qazilmalarini va qora metallarga kompleks geologiya qidiruv ishlarini olib borilyapti.
Maʼlumotlarga ko‘ra, “Yaxton” konining chuqur gorizontlarida 2019 yil geologik qazish ishlari boshlangan. Hozirda 10 dan ziyod maxsus texnika yordamida 40 dan ortiq malakali mutaxassislar belgilangan rejaga muvofiq yer osti tog‘ lahm o‘tish ishlarini olib bormoqda.

Hozirgi kunda “Yaxton” konining chuqur gorizontlarida magmatik tog‘ jinslari bilan bog‘liq minerallashgan zonalarda oltin va volfram qidiruv ishlari olib borilmoqda. Olib borilgan geologik qidiruv ishlari natijasida 1 tonna tuproqdan 1 grammdan 4,22 grammgacha oltin, qalinligi 11 metrgacha bo‘lgan 20 dan ortiq oltin maʼdan tanalari aniqlangan.

Bo‘lishish

Foydali havolalar