1. Asosiy
  2. Loyihalar
  3. Tadbirlar

Yangi yil munosabati maʼnaviy-maʼrifiy bayram tadbiri tashkil etildi

196

Joriy yilning 29-dekabr kuni Samarqand Markaziy geologiy qidiruv ekspeditsiyasi va uning tarkibidagi dala ekspeditsiyalarida kirib kelayotgan yangi yil munosabati bilan maʼnaviy-maʼrifiy bayram tadbirlari boʻlib oʻtdi. Tadbirda Samarqand MGQE rahbariyati bayram bilan mehnat jamoasini tabriklab, yil davomida faol mehnati bilan geologiya sohasining rivojiga hissa qoʻshgan bir guruh xodimlarni e’tirof etishdi. Shuningdek, bir necha nafar xodimlarni nafaqaga kuzatishdi.

Bayram munosabati bilan Samarqand shahar 22-sonli bolalar musiqa va sanʼat maktabi oʻquvchilari oʻzlarining qoʻshiq raqslari bilan tadbirga bayramona kayfiyat ulashishdi.

 

 

Bo‘lishish

Foydali havolalar