1. Asosiy
  2. Loyihalar
  3. Tadbirlar

Habib Abdullaev tavalludining 110 yilligi

91

"O‘zbek geologiya qidiruv" AJ Zarafshon dala geologiya qidiruv ekspeditsiyasida taniqli davlat  va jamoat arbobi, geolog olim, geologiya-mineralogiya fanlari doktori, O‘zbekiston Fanlar Akademiyasining akademigi, Abu-Rayxon Beruniy  nomidagi O‘zbekiston Davlat mukofoti sohibi, marhum Habib Abdullaev tavalludining 110 yilligiga bag‘ishlangan anjuman  bo‘lib o‘tdi.

Ushbu anjumanda  Zarafshon DGQE xodimlari va Samarqand shahar hokimiyati  vakillari,  Samarqand davlat unversiteti  olimlari ishtirok etishdi.  Tadbirda yig‘ilish ishtirokchilariga  o‘zbek  geologiya fani rivojiga salmoqli hissa qo‘shgan  Abdullaev  Habib Muhammedovichning hayoti,  ijodiy faoliyati,  mamlakatimizda tog‘-kon va metallurgiya sanoatining rivojiga qo‘shgan hissasi   borasida ma’lumotlar taqdim etildi.

Bo‘lishish

Foydali havolalar