- Asosiy
- Matbuot markazi
- Yangiliklar
Zomin milliy bog‘iga sayohat tashkil etildi
Analitik laboratoriyalar majmuasi xodimlarining dam olish kunlarini mazmunli tashkil etish, jamoada sog‘lom ma’naviy-ruhiy muhitni mustahkamlash hamda xodimlar o‘rtasida do‘stona munosabatlarni yanada rivojlantirish maqsadida Zomin milliy tabiat bog‘iga sayohat tashkil etildi.
Sayohat davomida xodimlar Zominning betakror tabiati, musaffo tog‘ havosi va go‘zal manzaralaridan bahramand bo‘ldilar. Tabiat qo‘ynida o‘tkazilgan maroqli dam olish xodimlarga yaxshi kayfiyat va ko‘tarinki ruh bag‘ishladi. Mazkur sayohat xodimlarning ish faoliyatidan tashqari vaqtlarini mazmunli o‘tkazish, tabiatni asrash va undan zavqlanish, shuningdek, jamoada birdamlik muhitini oshirishga xizmat qiladi.
Zominning go‘zal tabiati bag‘rida o‘tkazilgan ushbu sayohat barcha ishtirokchilarda unutilmas taassurotlar qoldirdi..jpg)
.jpg)
