1. Asosiy
  2. Matbuot markazi
  3. Yangiliklar

“Zilzila bilan bogʻliq favqulodda vaziyatlarda aholi xavfsizligini taʼminlash boʻyicha haftalik” oʻtkazilmoqda

59

Joriy yilning 20-27-oktabr kunlari Analitik laboratoriyalar majmuasida zilzila bilan bogʻliq favqulodda vaziyatlarda aholi xavfsizligini taʼminlashga qaratilgan “Haftalik” tadbirlari oʻtkazilmoqda.

Mazkur haftalik davomida aholi va xodimlarning zilzila xavfi haqidagi xabardorligini oshirish, favqulodda vaziyatlarda toʻgʻri harakatlanish koʻnikmalarini shakllantirish, shuningdek, tibbiy va psixologik yordam koʻrsatish boʻyicha amaliy mashgʻulotlar oʻtkazilishi rejalashtirilgan.

Haftalik doirasida mutaxassislar tomonidan maʼruzalar, seminar-treninglar tashkil etiladi. Shuningdek, aholining xavfsizlik boʻyicha savollariga javob berish maqsadida “Ochiq eshiklar kuni” ham oʻtkazilishi koʻzda tutilgan.

Bo‘lishish

Foydali havolalar