- Asosiy
- Matbuot markazi
- Yangiliklar
Zarmitan dala ekspeditsiyasida korrupsiyaga qarshi targ‘ibot tadbirlari o‘tkazildi
Huquqiy targ‘ibot va o‘quv seminarlarini tashkil etish xodimlarda korrupsiyaga nisbatan murosasiz munosabatni shakllantirish hamda halollik tamoyillarini mustahkamlashning samarali vositalaridan biridir.
Shu maqsadda Samarqand markaziy geologiya qidiruv ekspeditsiyasi tarkibidagi Zarmitan dala ekspeditsiyasining uchastka va dala bazalarida korrupsiyaga qarshi kurashish yo‘nalishida o‘quv seminarlari hamda targ‘ibot tadbirlari tashkil etildi..jpg)
.jpg)
Tadbirlar davomida “O‘zbek geologiya qidiruv” AJning Axloq kodeksi, Korrupsiyaga qarshi kurashish siyosati, Sovg‘alar berish va olish, biznes tadbirlarini tashkil etish va ularda ishtirok etish, vakillik xarajatlarini amalga oshirish bo‘yicha siyosati, Manfaatlar to‘qnashuvini boshqarish siyosati, shuningdek, korrupsiyaga oid huquqbuzarliklar haqida xabar bergan yoki korrupsiyaga qarshi kurashishda boshqa tarzda ko‘maklashgan xodimlarni rag‘batlantirish tartibining mazmun-mohiyati batafsil tushuntirildi.
Seminar ishtirokchilariga mazkur ichki me’yoriy hujjatlarning asosiy maqsad va vazifalari, ularning amaliy ahamiyati hamda korrupsiyaning oldini olishdagi o‘rni haqida atroflicha ma’lumot berildi.
Tadbir yakunida barcha ishchi-xodimlar korrupsiyaning har qanday ko‘rinishiga nisbatan murosasiz bo‘lishga, xizmat vazifalarini halollik, shaffoflik va qonuniylik tamoyillari asosida amalga oshirishga chaqirildi.
