1. Asosiy
  2. Matbuot markazi
  3. Yangiliklar

Zarmitan dala ekspeditsiyasida “kitob burchagi” tashkil etildi

7

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 15-yanvardagi kitobxonlik madaniyatini rivojlantirishga oid qarori ijrosini ta’minlash maqsadida Samarqand markaziy geologiya qidiruv ekspeditsiyasida ishchi-xodimlar o‘rtasida ma’naviy-ma’rifiy ishlar izchil davom ettirilmoqda.

Xususan, “Har kuni 20 daqiqa kitob” shiori ostida targ‘ibot tadbirlari tashkil etilib, xodimlarning kitob o‘qishga bo‘lgan qiziqishini oshirishga alohida e’tibor qaratilmoqda.

Shuningdek, Zarmitan dala ekspeditsiyasida “Kitob burchagi” tashkil etildi. Ushbu burchak Vatan tarixi, geologiya sohasi hamda ma’naviy-ma’rifiy yo‘nalishdagi ilmiy va badiiy adabiyotlar bilan boyitilgan.

Mazkur tashabbus xodimlarning bilim va dunyoqarashini kengaytirish, bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish hamda intellektual muhitni mustahkamlashga xizmat qiladi.

Bo‘lishish

Foydali havolalar