- Asosiy
- Matbuot markazi
- Yangiliklar
Zamonaviy geofizika jihozlari geologiya qidiruv ishlari samaradorligini oshirmoqda
112
“O‘zbek geologiya qidiruv” AJ tomonidan hududlarda olib borilayotgan geologiya qidiruv ishlarining sifatini oshirish maqsadida zamonaviy va yuqori samarali uskunalarni sohaga joriy etish ishlari tizimli amalga oshirilmoqda. Xususan, geofizika jihozlarini modernizatsiya qilish va ishlab chiqarishga jalb etish uchun Kanadada ishlab chiqarilgan GDD GRx8-32 jihozi xarid qilindi. Bu uskuna orqali geofizik tasvirlash ishlarida elektr qidiruv usuli amalga oshiriladi.
Yuqori sezgirlikka ega bo‘lgan GDD GRx8-32 elektrorazvedka o‘lchagichlarining o‘ziga xos afzaliklari shundaki, qurilmaning ixchamligi, mustahkam korpusi va kam energiya iste’moli uni og‘ir dala sharoitlarida ishlatish hamda ma’lumotlarni real vaqt rejimida baholash imkonini beradi.
