- Asosiy
- Matbuot markazi
- Yangiliklar
Zamonaviy geodezik uskunalar asosida topogeodezik ishlar olib borilmoqda
“O‘zbek geologiya qidiruv” AJning Regional markaziy geologiya tasvirlash ekspeditsiyasi tarkibidagi Topografiya-geodeziya bo‘limi mutaxassislari tomonidan joriy yil avgust oyida Jizzax viloyatidagi Gazgon, Ziyokor va Arvaten obyektlarida, shuningdek Samarqand markaziy geologiya qidiruv ekspeditsiyasi tasarrufidagi Samarqand va Navoiy viloyatlarida joylashgan Ziyovuddin-1, Ziyovuddin-2, Yonbosh, Tulali hamda Tashkan obyektlarida, jami 8 ta obyekt bo‘yicha topogeodezik ishlar olib borilmoqda.
Jumladan, Aerogeodeziya markazi tomonidan yaratilgan GNSS stansiyalaridan foydalanilgan holda geodezik tayanch nuqtalar barpo etilib, ular asosida aerofotosyomka ishlari qisqa muddatda va yuqori sifatda bajarilmoqda.
Topogeodezik ishlarni yuqori aniqlikda amalga oshirish uchun zamonaviy geodezik uskunalar, jumladan Geoscan 101 uchuvchisiz uchish apparati (UUA) hamda GNSS Stonex S900A o'lchov qurilmasidan samarali foydalanilmoqda.
Bajarilayotgan topogeodezik ishlar tasdiqlangan topografik va geodezik ishlarni bajarish bo‘yicha texnik topshiriqqa muvofiq ravishda, belgilangan muddatda, yuqori aniqlik va sifat talablari asosida olib borilmoqda. Natijada obyektlar bo‘yicha 1:1000 va 1:2000 masshtabdagi topoplanlar, ortofotoplanlar hamda balandlik shkalalari yaratilishi ta’minlanadi. Ushbu natijalar kelgusida geologik-qidiruv ishlar samaradorligini oshirishga xizmat qiladi.
