- Asosiy
- Matbuot markazi
- Yangiliklar
Zamonaviy bilimlar sari yana bir qadam
Toshkent markaziy geologiya qidiruv ekspeditsiyasining Olmaliq dala ekspeditsiyasida geologiya sohasi vakillari uchun zamonaviy dasturlardan foydalanish bo‘yicha ikki kunlik o‘quv kursi tashkil etildi. Ushbu o‘quv mashg‘ulotlari geologik modellashtirishda keng qo‘llanilayotgan Leapfrog dasturiga bag‘ishlandi.
.jpg)
Kurs davomida ishtirokchilarga dasturning imkoniyatlari, geologik ma’lumotlarni raqamli qayta ishlash, 3D modellashtirish va tahlil qilish usullari atroflicha tushuntirildi. Amaliy mashg‘ulotlar orqali mutaxassislar o‘z bilim va ko‘nikmalarini yanada mustahkamlash imkoniga ega bo‘lishdi.
.jpg)
Mazkur o‘quv kursini xalqaro mutaxassislar olib borishdi. Jumladan, texnik direktor Frolov Aleksandr hamda mijozlar bilan ishlash bo‘yicha menedjer Danilov Igor ishtirokchilarga dasturning afzalliklari va uni amaliyotda qo‘llash bo‘yicha muhim tavsiyalar berishdi. Ular tomonidan berilgan bilimlar geologik izlanishlar samaradorligini oshirishda muhim ahamiyat kasb etadi.
