- Asosiy
- Matbuot markazi
- Yangiliklar
«Zakovat» intellektual o‘yini bo'lib o'tdi
"O'zbek geologiya qidiruv" AJ tarkibidagi tashkilotlarda faoliyat olib borayotgan iqtidorli xodimlarning mantiqiy bilimlarini oshirish va intellektual salohiyatini yuksaltirish maqsadida Kasaba uyushmasi va Yoshlar ishlari yetakchisi tashabbusi bilan “Zakovat” intellektual oʻyini tashkil etildi.

Unda ekspeditsiyadan kelgan xodimlar o'zlarining bilimlarini sinovdan o'tkazishdi. Qiziqarli kechgan intelektual bahslarda Samarqand markaziy geologiya qidiruv ekspeditsiyasi 1-o'rinni, Markaziy geologiya geofizika ekspeditsiyasi 2-o'rinni, Hisor Markaziy geologiya qidiruv ekspeditsiyasi 3-o'rinni egallashdi.

.jpg)
Bu kabi intelektual o'yinlar aql va mantiqni sinovdan o‘tkazadigan, kuchli raqobatni talab qiluvchi o‘yin bo‘lib, uning asosiy maqsadi ishtirokchilarning fikrlash qobiliyatlarini rivojlantirish hisoblanadi.
