- Asosiy
- Matbuot markazi
- Yangiliklar
Yoshlarning geologiya sohasiga bo‘lgan qiziqishlari ortmoqda
Hisor markaziy geologiya qidiruv ekspeditsiyasi xodimlari tomonidan Shahrisabz shahridagi 7-sonli umumta’lim maktabi o‘quvchilari bilan ma’naviy-ma’rifiy uchrashuv tashkil etildi. Tadbir davomida o‘quvchilarga geologiya sohasining mazmun-mohiyati, uning qiziqarli va mashaqqatli jihatlari haqida atroflicha ma’lumotlar berildi.
.jpg)
Suhbat jarayonida yer osti boyliklaridan oqilona foydalanish, uning iqtisodiyotdagi o‘rni hamda geologiya sohasining sanoat rivojidagi muhim ahamiyati, shuningdek, geolog mutaxassislarning fidokorona mehnati, kasbga bo‘lgan mas’uliyati va ularning mamlakat iqtisodiy salohiyatini mustahkamlashdagi hissasi haqida so‘z yuritildi.

Bu kabi uchrashuvlar yosh avlodni geologiya sohasiga bo‘lgan qiziqishini oshirish, ularni ilm-fan va kasb-hunar sirlariga kengroq jalb etish, shuningdek, kelgusida yurtimiz ravnaqi yo‘lida xizmat qiladigan malakali va yetuk mutaxassislar bo‘lishiga zamin yaratadi.
