- Asosiy
- Matbuot markazi
- Yangiliklar
Yoshlar kuni munosabati bilan Toshkent markaziy geologiya qidiruv ekspeditsiyasida mini futbol musobaqasi o‘tkazildi
9
30-iyun – Yoshlar kuni munosabati bilan Toshkent markaziy geologiya qidiruv ekspeditsiyasida xodimlar o‘rtasida mini futbol musobaqasi tashkil etildi.
Musobaqada jamoalar sportga bo‘lgan qiziqishi, jamoaviy hamjihatligi va g‘alabaga intilish ruhini namoyon etib, qizg‘in bahslarda ishtirok etdilar.
.jpg)

Musobaqa yakunlariga ko‘ra, Qurilish uchastkasi jamoasi birinchi, Laboratoriya kompleksi jamoasi ikkinchi hamda Olmaliq dala ekspeditsiyasi jamoasi uchinchi o‘rinni egalladi.
G‘olib va sovrindor jamoalar esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.
Mazkur sport tadbiri xodimlar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish, jamoaviy birdamlikni mustahkamlash hamda korporativ madaniyatni rivojlantirishga xizmat qildi.
