- Asosiy
- Matbuot markazi
- Yangiliklar
Yoshlar kuni doirasida amaliyotchi yoshlar bilan uchrashuv o‘tkazildi.
Toshkent markaziy geologiya qidiruv ekspeditsiyasida payshanba “Yoshlar kuni” doirasida navbatdagi uchrashuv tashkil etildi. Uchrashuv ekspeditsiyaga amaliyotga kelgan yoshlar bilan bo‘lib o‘tdi.
.jpg)
Ochiq muloqot davomida yoshlarning geologiya-qidiruv sohasidagi faoliyati, amaliyot jarayonida egallayotgan bilim va ko‘nikmalari haqida fikr almashildi. Shuningdek, rahbariyat tomonidan yoshlarga sohada malakali mutaxassis bo‘lib yetishishlari uchun zarur tavsiya va maslahatlar berildi.
.jpg)
Tadbir davomida yoshlar o‘zlarini qiziqtirgan savollariga javob oldilar hamda kelgusidagi rejalari haqida o‘z fikr-mulohazalarini bildirdilar. Bunday uchrashuvlar yoshlarni qo‘llab-quvvatlash, ularning bilim va tajribasini oshirish hamda sohada faoliyat yuritishga bo‘lgan qiziqishini yanada kuchaytirishga xizmat qiladi.
