- Asosiy
- Matbuot markazi
- Yangiliklar
Yoshlar bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi
4
Hisor markaziy geologiya qidiruv ekspeditsiyasida yosh xodimlar bilan samimiy va ochiq muloqot bo‘lib o‘tdi. Uchrashuv davomida yoshlarning taklif va tashabbuslari tinglanib, ularning g‘oya va intilishlarini qo‘llab – quvvatlash, kasbiy mahoratini oshirish hamda zamonaviy bilim va texnologiyalarni egallashiga doir muhim masalalar muhokama qilindi.
Muloqotda yoshlarning kitobxonlik, xorijiy tillar va zamonaviy kasblarga bo‘lgan qiziqishini oshirishga alohida e’tibor qaratildi. Tadbir davomida faol va tashabbuskor yoshlarni qo‘llab – quvvatlash, ular uchun yangi imkoniyatlar yaratish hamda kelajakdagi rejalar yuzasidan fikr va takliflar almashildi.
