1. Asosiy
  2. Matbuot markazi
  3. Yangiliklar

Yosh mutaxassislar bilan navbatdagi uchrashuv

22

Haftaning har payshanba kuni yoshlar bilan uchrashuvlar o‘tkazish an’anaga aylangan. Bugun ushbu tashabbus doirasida Toshkent markaziy geologiya qidiruv ekspeditsiyasining Sharqiy-Qurama dala ekspeditsiyasi Laboratoriya kompleksida faoliyat yuritayotgan yosh mutaxassislar bilan navbatdagi uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuv davomida yosh mutaxassislarning ish faoliyati, ularni qiziqtirayotgan masalalar, mavjud muammo va takliflari tinglandi. Shuningdek, yoshlarning kasbiy bilim va ko‘nikmalarini oshirish, zamonaviy texnologiyalarni o‘zlashtirish hamda kelgusida malakali mutaxassis sifatida shakllanishi yuzasidan fikr almashildi.

Samimiy va ochiq muloqot ruhida o‘tgan uchrashuvda yoshlarni qo‘llab-quvvatlash, ularning tashabbuslarini rag‘batlantirish va korxona faoliyatida yosh mutaxassislarning faol ishtirokini ta’minlash masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Bo‘lishish

Foydali havolalar