- Asosiy
- Matbuot markazi
- Yangiliklar
YONG‘IN XAVFSIZLIGI BO‘YICHA O‘QUV-AMALIY SEMINAR
18
Toshkent markaziy geologiya qidiruv ekspeditsiyasida Favqulodda vaziyatlar vazirligi (FVV) yong‘in xavfsizligi bo‘linmasi bilan hamkorlikda kuz-qish mavsumida yong‘inlarning oldini olish va xodimlarning favqulodda vaziyatlarda to‘g‘ri harakat qilish ko‘nikmalarini oshirishga qaratilgan o‘quv-amaliy seminar o‘tkazildi.
Seminarda isitish moslamalari va elektr uskunalaridan xavfsiz foydalanish, ishlab chiqarish ob’ektlarida yong‘in xavfsizligi talablariga rioya etish, yong‘in o‘chirish vositalaridan foydalanish hamda xodimlarni xavfsiz evakuatsiya qilish tartiblari tushuntirildi.
Amaliy mashg‘ulotlar orqali xodimlarning yong‘in xavfining oldini olish va favqulodda vaziyatlarda tezkor harakat qilish bo‘yicha bilim va ko‘nikmalari mustahkamlandi.
Yong‘in xavfsizligi — shunchaki qoida emas, balki inson hayoti va mehnat xavfsizligini asrashning muhim shartidir!



