1. Asosiy
  2. Matbuot markazi
  3. Yangiliklar

“Yer qa’rini qidirish, foydalanish va muhofaza qilish” bo‘yicha

45

MDH davlatlarining “Yer qa’rini qidirish, foydalanish va muhofaza qilish” bo‘yicha Hukumatlararo kengashining XXVIII sessiyasidagi ishtirok xususida

Tog‘-kon sanoati geologiya vazirligi va tizimosti tashkilotlari mas’ul xodimlaridan iborat delegatsiya 2025-yil 25-26-sentabr kunlari Qozog‘iston Respublikasi, Ostona shahrida bo‘lib o‘tgan MDH davlatlarining “Yer qa’rini qidirish, foydalanish va muhofaza qilish” bo‘yicha Hukumatlararo kengashining XXVIII sessiyasida ishtirok etishdi. 

Sessiya yig‘ilishida 2024-yilning ikkinchi yarmi va 2025-yilning birinchi yarim yilligida Hukumatlararo kengashning Istiqbolli rejasida ko‘zda tutilgan loyihalar doirasida vazirlik tashkilotlari tomondan amalga oshirilgan ishlar va ularning natijalari bo‘yicha hisobot berildi. 

Shuningdek, delegatsiya a’zolari tomonidan O‘zbekiston Respublikasi geologiya sohasiga joriy etilayotgan zamonaviy innovatsion texnologiya, uslublar va erishilayotgan natijalar to‘g‘risida ma’ruzalar qilindi.

Sessiya yig‘ilishida Hukumatlararo kengash faoliyatini muvaffaqiyatli amalga oshirishida munosib xizmatlari bilan o‘z hissasini qo‘shgan bir qator faxriylar, xususan “Geologiya muzeyi” DM direktori A. Axmedshayev Kengashning ko‘krak nishoni bilan taqdirlandi.

Bo‘lishish

Foydali havolalar