1. Asosiy
  2. Matbuot markazi
  3. Yangiliklar

Xotira abadiy, qadr muqaddas

17

9-may — “Xotira va qadrlash kuni” munosabati bilan Angren shahridagi Yangi Angren xiyoboni hududida joylashgan “Xotira maydoni”da xotira tadbiri tashkil etildi.

Tadbir davomida “Toshkent” markaziy geologiya qidiruv ekspeditsiyasi xodimlari tomonidan “Motamsaro ona” monumenti poyiga gulchambar qo‘yilib, Ikkinchi jahon urushi yillarida yurt tinchligi va ozodligi yo‘lida halok bo‘lgan ajdodlarimiz xotirasiga hurmat bajo keltirildi.

Unda faxriylar, davlat va jamoat tashkilotlari vakillari, yoshlar hamda keng jamoatchilik ishtirok etib, Vatan ozodligi yo‘lida jon fido qilgan insonlar xotirasiga ta’zim bajo keltirdilar.

Xotira va qadrlash kuni xalqimizning tinchlik, mehr-oqibat va inson qadrini ulug‘lashdek ezgu qadriyatlarini yana bir bor namoyon etdi.

Bo‘lishish

Foydali havolalar