1. Asosiy
  2. Matbuot markazi
  3. Yangiliklar

Xorijiy investorlar bilan geologiya qidiruv ishlari yuzasidan muzokaralar o‘tkazildi

25

“O‘zbek geologiya qidiruv” AJ hamda “Glocal Euroasia” XK MChJ ishtirokida Surxondaryo viloyati Uzun tumanida joylashgan Janubiy Bobotog‘ va Shimoliy Bobotog‘ istiqbolli maydonlarida mis zaxiralarini o‘rganish va geologiya-qidiruv ishlarini amalga oshirish masalalari bo‘yicha xorijiy investorlar bilan muzokaralar o‘tkazildi.


Muzokaralar davomida investorlarga mazkur uchastkalarning geologik salohiyati, mavjud qidiruv natijalari hamda istiqbolda amalga oshirilishi rejalashtirilgan geologiya-qidiruv ishlari haqida batafsil ma’lumotlar taqdim etildi.

Shuningdek, Surxondaryo viloyati hokimligi, Yer qa’ridan foydalanish markazi, “O‘zbek geologiya qidiruv” AJ va Olmaliq kon-metallurgiya kombinati mutaxassislari tomonidan loyiha doirasidagi ishlarni samarali tashkil etish, hududning geologik xususiyatlari hamda investitsion imkoniyatlari yuzasidan zarur tavsiya va maslahatlar berildi.

Uchrashuv davomida geologiya sohasiga xorijiy investitsiyalarni jalb etish, mis zaxiralarini chuqur o‘rganish hamda istiqbolli loyihalarni birgalikda amalga oshirish masalalari muhokama qilindi. Mazkur hamkorlik geologiya-qidiruv ishlarining samaradorligini oshirish va mineral-xomashyo bazasini kengaytirishga xizmat qilishi ta’kidlandi.

Bo‘lishish

Foydali havolalar