- Asosiy
- Matbuot markazi
- Yangiliklar
“Xorazmga sayohat tashkil etildi
Samarqand markaziy geologiya qidiruv ekspeditsiyasi tarkibidagi Zarafshon dala ekspeditsiyasi ishchi-xodimlari uchun Kasaba uyushmasi qo‘mitasi tashabbusi bilan ichki turizmni rivojlantirish hamda tarixiy-madaniy merosimizni keng targ‘ib etish maqsadida “Yurtim tarixini o‘rganaman” shiori ostida Xorazm viloyatiga sayohat tashkil etildi.
.jpg)
Sayohat davomida ishtirokchilar Xorazmning boy tarixini o‘zida mujassam etgan qadimiy me’moriy obidalar, muzeylar va diqqatga sazovor maskanlar bilan yaqindan tanishdilar. Tadbir xodimlarning ma’naviy hordiq chiqarishlari, tarixiy bilimlarini boyitishlari hamda jamoa birdamligini mustahkamlashga xizmat qildi.

Bunday sayohatlar xodimlarning mamlakatimizning tarixiy va madaniy merosiga bo‘lgan qiziqishini oshirish, ichki turizmni rivojlantirish hamda bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etishda muhim ahamiyat kasb etadi.
