- Asosiy
- Matbuot markazi
- Yangiliklar
Xondiza dala lagerida geologiya qidiruv ishlari uchun yangi imkoniyatlar yaratildi
9
Hisor markaziy geologiya qidiruv ekspeditsiyasi tarkibidagi Surxondaryo dala ekspeditsiyasining Xondiza dala lagerida geologik namunalarga ishlov berish va saqlash sexi qurilib, foydalanishga topshirildi.
.jpg)

.jpg)
Mazkur sexda dala geologik uchastkalaridan olinadigan namunalarini yanchish, kukun holatiga keltirish va kesish ishlari amalga oshiriladi.
Shuningdek, yer usti va yer osti geologik ma’lumotlari Geobank dasturi asosida raqamlashtirilmoqda. Kelgusida Markaziy dala uchastkasida xalqaro standartlarga muvofiq JORC tizimi asosida geologik-qidiruv ishlarini olib borish rejalashtirilgan.
