- Asosiy
- Matbuot markazi
- Yangiliklar
Xodimlarning Micromine dasturini o‘rganish bo‘yicha bilimlari mustahkamlanmoqda
Toshkent markaziy geologiya qidiruv ekspeditsiyasida haftaning har seshanba va payshanba kunlari xodimlar uchun zamonaviy geologik dastur – Micromineni o‘rganish bo‘yicha o‘quv mashg‘ulotlari tashkil etilmoqda. Mashg‘ulotlar ish vaqtidan so‘ng o‘tkazilib, xodimlarning kasbiy bilim va ko‘nikmalarini oshirishga qaratilgan.
.jpg)
Ushbu darslar korxona mutaxassislari Ibragimov Timur, Abdurahmonov Shoxmuhammad, Ni Maksim, Umrzoqov Diyor tomonidan olib borilmoqda. Ular amaliy tajriba va bilimlari bilan hamkasblariga raqamli ma’lumotlarini qayta ishlash, 3D modellashtirish hamda zahiralarni hisoblashni puxta o‘rgatmoqda.

Quvonarlisi, mazkur tashabbus doirasida o‘quv mashg‘ulotlarini olib borayotgan xodimlarga qo‘shimcha haq to‘lash rejalashtirilgan. Bu esa korxonada mehnatni munosib rag‘batlantirish, ichki salohiyatdan samarali foydalanish hamda tajribali mutaxassislarni qo‘llab-quvvatlash siyosati izchil amalga oshirilayotganidan dalolat beradi.
