1. Asosiy
  2. Matbuot markazi
  3. Yangiliklar

Xodimlar uchun Samarqandga sayohat tashkil etildi

14

2026-yil 16-17-may kunlari “O‘zbek geologiya qidiruv” AJ boshlang‘ich kasaba uyushmasi tashabbusi bilan Regional markaziy geologiya tasvirlash ekspeditsiyasi xodimlari uchun ko‘hna va navqiron Samarqand shahriga sayohat tashkil etildi.

Sayohat davomida ishtirokchilar yurtimizning boy tarixiy va madaniy merosini o‘zida mujassam etgan tarixiy obidalar, muqaddas qadamjolar hamda Imom Al-Buxoriy majmuasi va muzeylariga tashrif buyurishdi.

Ushbu madaniy-ma’rifiy sayohat xodimlarning dunyoqarashini kengaytirish, milliy qadriyatlarimizga bo‘lgan hurmatni yanada oshirish hamda ular uchun unutilmas taassurotlar ulashishga xizmat qildi.

Bo‘lishish

Foydali havolalar