- Asosiy
- Matbuot markazi
- Yangiliklar
Xitoyda geologiya va konchilik sohasidagi ilg‘or tajribalar o‘rganildi
“O‘zbek geologiya qidiruv” AJ boshqaruv apparati, Samarqand markaziy geologiya-qidiruv ekspeditsiyasi hamda Samarqand analitik laboratoriya kompleksi xodimlari xizmat safari bilan Xitoy Xalq Respublikasining Shensi viloyati, Sian shahrida bo‘lib qaytdilar.

.jpg)
Mazkur safar Bo‘zgul maydonida amalga oshirilayotgan geologiya-qidiruv ishlari doirasida Xitoyning Shangluo Northwest Nonferrous 713 General Team Co., Ltd., Yixin Rongtong (Shaanxi) Technology Development Co., Ltd. kompaniyalari hamda O‘zbekistondagi “Yijin International Investment Group” FE LLC bilan hamkorlikda tashkil etildi.



.jpg)
Safar davomida mutaxassislar rangli va nodir metallarni qazib olish hamda qayta ishlashga ixtisoslashgan yirik davlat korxonalari faoliyati, zamonaviy laboratoriya komplekslari, raqamlashtirilgan ishlab chiqarish jarayonlari, shuningdek, yer osti konlarida robototexnika asosida qazib olish texnologiyalari bilan yaqindan tanishdilar.
Tajriba almashinuvi geologiya-qidiruv va konchilik sohalarida zamonaviy texnologiyalarni joriy etish hamda xalqaro hamkorlikni yanada rivojlantirishga xizmat qiladi.
