- Asosiy
- Matbuot markazi
- Yangiliklar
«Ustoz–shogird» an’analari
25
Hisor markaziy geologiya qidiruv ekspeditsiyasida «Ustoz–shogird» an’analarini izchil davom ettirishga alohida e’tibor qaratilmoqda. Ko’p yillik tajribaga ega mutaxassislar korxona tomonidan geologiya-qidiruv ishlari olib borilayotgan ob’ektlarning geologik tuzilishi, minerallashuv xususiyatlari hamda amaliy izlanish usullari bo‘yicha yosh geologlar bilan doimiy ravishda bilim va tajribalarini baham ko‘rmoqda. Korxona rahbariyati va yoshlar yetakchisi hamkorlikda tashkil etilayotgan bu kabi amaliy uchrashuvlar sohada kasbiy merosni saqlash, yangi avlod mutaxassislarining malakasini oshirish va geologiya sohasida ilmiy-amaliy uzviylikni mustahkamlashga xizmat qilmoqda.
