- Asosiy
- Matbuot markazi
- Yangiliklar
Ustozlarga ehtirom — milliy qadriyat ifodasi
Samarqand shahrida Geologiya sohasining 100 yilligi hamda 9-may — "Xotira va qadrlash kuni" munosabati bilan bayram tadbiri tashkil etildi.
Mazkur tadbirda Tog‘-kon sanoati va geologiya vazirligi tizimida uzoq yillar samarali mehnat qilgan mehnat faxriylari, soha fidoyilari hamda mutaxassislar ishtirok etdi.
.jpg)
.jpg)
Tadbir davomida faxriylarning ko‘p yillik mashaqqatli mehnati, geologiya sohasini rivojlantirishdagi munosib hissasi alohida e’tirof etildi. Shuningdek, yurt ravnaqi va mamlakatimizning mineral-xomashyo bazasini mustahkamlash yo‘lida xizmat qilgan ustozlarga hurmat va ehtirom ko‘rsatildi. Sohada amalga oshirilayotgan islohotlar, zamonaviy texnologiyalar asosida olib borilayotgan geologiya qidiruv ishlari bo‘yicha video lavhalar namoyish etildi.
.jpg)

Bayram tadbirida soha vakillari tomonidan samimiy tabriklar yo‘llanib, faxriylarga esdalik sovg‘alari topshirildi.
Xotira va qadrlash — milliy qadriyatlarimizning ajralmas qismidir.
