1. Asosiy
  2. Matbuot markazi
  3. Yangiliklar

Transport tizimini takomillashtirishga bag‘ishlangan o‘quv-seminar o‘tkazildi

17

Toshkent markaziy geologiya qidiruv ekspeditsiyasida “O‘zbek geologiya qidiruv” AJ tarkibiy bo‘linmalari transport bo‘limi xodimlari ishtirokida “Ekspeditsiya ish faoliyatini transport bilan ta’minlash va hujjatlarni rasmiylashtirish” mavzusida  o‘quv-seminar tashkil etildi.

Seminar davomida avtotransport vositalarining texnik holati, ulardan foydalanish samaradorligi hamda ish jarayonlari yuzasidan ma’ruza qilindi. Shuningdek, ish jarayonlariga oid videolavhalar namoyish etildi.

Ishtirokchilar  transport vositalarining saqlanishi va texnik xizmat ko‘rsatish jarayonlari bilan yaqindan tanishdilar.

Mazkur o‘quv-seminar transport tizimini takomillashtirish va ish samaradorligini oshirishga xizmat qiladi.

Bo‘lishish

Foydali havolalar