1. Asosiy
  2. Matbuot markazi
  3. Yangiliklar

Toshkent markaziy geologiya qidiruv ekspeditsiyasida zilzila xavfsizligi boʻyicha oʻquv-amaliy mashgʻulot oʻtkazildi

59

Toshkent markaziy geologiya-qidiruv ekspeditsiyasida favqulodda vaziyatlar, xususan, zilzila oqibatlarini bartaraf etishga tayyorgarlikni taʼminlash maqsadida oʻquv-amaliy mashgʻulot tashkil etildi.

Mazkur tadbir "Mobilizatsiya masalalari va fuqarolik himoyasi" (MM va SX) boʻlimi boshligʻi A.A. Uralov boshchiligida tashkil etilib, unda ekspeditsiya xodimlari faol ishtirok etdi.

Mashgʻulot davomida zilzila sodir boʻlgan holatda xodimlarning harakatlanish tartibi, xavfsiz hududlarga evakuatsiya qilish, jabrlanganlarga birinchi tibbiy yordam koʻrsatish kabi muhim masalalar boʻyicha amaliy koʻnikmalar shakllantirildi. Shuningdek, favqulodda vaziyatlarda oʻzaro muvofiqlashtirilgan harakatlarni amalga oshirish boʻyicha amaliy mashqlar oʻtkazildi.

Ushbu oʻquv-amaliy mashgʻulotlar xodimlarning seysmik xavfsizlik borasidagi bilim va koʻnikmalarini oshirish, zilzila oqibatlarini minimallashtirish, favqulodda vaziyatlarda tezkor va toʻgʻri qaror qabul qilish koʻnikmalarini rivojlantirishga xizmat qiladi. Bunday tadbirlar kelgusida ham muntazam ravishda oʻtkazib borilishi rejalashtirilgan.

Bo‘lishish

Foydali havolalar