1. Asosiy
  2. Matbuot markazi
  3. Yangiliklar

Toshkent markaziy geologiya qidiruv ekspeditsiyasida yoshlar bilan uchrashuv o‘tkazildi

29

Toshkent markaziy geologiya qidiruv ekspeditsiyasida an’anaviy uchrashuvlar doirasida yoshlar bilan navbatdagi muloqot tashkil etildi.

Tadbirda ekspeditsiya rahbariyati, mas’ul xodimlar hamda amaliyotchi yoshlar va ularga biriktirilgan mutaxassislar ishtirok etdi. Uchrashuv davomida yoshlarning amaliyot jarayonidagi faoliyati sarhisob qilinib, ular tomonidan egallangan bilim va ko‘nikmalar muhokama qilindi.

Rahbariyat tomonidan yosh mutaxassislarga kasbiy rivojlanish yuzasidan zarur tavsiyalar berildi, ularning ishlab chiqarishdagi ishtiroki ijobiy baholandi. Shuningdek, yoshlar o‘z fikr va takliflarini bildirib, amaliyot davomida yuzaga kelgan ayrim muammolar muhokama qilindi hamda ularni bartaraf etish bo‘yicha tegishli tavsiyalar ishlab chiqildi.

Tadbir yakunida faol ishtirokchilar tashakkurnomalar bilan taqdirlandi.

Bo‘lishish

Foydali havolalar