- Asosiy
- Matbuot markazi
- Yangiliklar
Toshkent markaziy geologiya qidiruv ekspeditsiyasida korrupsiyaga qarshi o‘quv kurslari tashkil etildi
“O‘zbek geologiya qidiruv” AJ Kuzatuv kengashining 2026-yil 27-yanvardagi qarori bilan tasdiqlangan o‘quv rejasiga muvofiq, Toshkent markaziy geologiya qidiruv ekspeditsiyasida etika va korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha o‘quv mashg‘ulotlari tashkil etildi.

Mashg‘ulotlar aprel oyi yakuniga qadar davom etib, unda moliyaviy-iqtisodiy yo‘nalish xodimlari, yoqilg‘i-moylash mahsulotlari bo‘yicha muhandis-texnik xodimlar hamda transport bo‘limi mutaxassislari to‘liq qamrab olinadi. O‘quv kurslari tarkibiy bo‘linmalardagi yuristlar va mas’ul xodimlar tomonidan olib borilmoqda.
Mashg‘ulotlar davomida xodimlarga xizmat etikasi, korrupsiyaning oldini olish, manfaatlar to‘qnashuviga yo‘l qo‘ymaslik hamda amaldagi qonunchilik talablari yuzasidan batafsil tushuntirishlar berilmoqda.
.jpg)
Mazkur o‘quv kurslari xodimlarning huquqiy savodxonligini oshirish, korrupsiyaga qarshi murosasiz muhitni shakllantirish hamda tashkilotda halollik tamoyillarini mustahkamlashga xizmat qiladi.
