- Asosiy
- Matbuot markazi
- Yangiliklar
Toshkent markaziy geologiya qidiruv ekspeditsiyasi xodimlari Zomin togʻlariga sayohat qilishdi
58
Toshkent markaziy geologiya qidiruv ekspeditsiyasi jamoasi 2025-yil 18–19-oktabr kunlari Jizzax viloyatining Zomin tumaniga "Sogʻlom turmush tarzini targʻib qilish va jamoaviy dam olishni tashkil etish" maqsadida sayohat uyushtirdi.
Sayohat davomida xodimlar Zomin milliy tabiat bogʻi, oynavand koʻprik, 1000 yillik archa manzarasi, Sherbuloq suvi kabi diqqatga sazovor joylarni ziyorat qilib, Zomin togʻlarining goʻzal manzaralaridan bahramand boʻlishdi.
.jpg)



Mazkur tadbir jamoa ruhini mustahkamlash, sogʻlom turmush tarziga eʼtiborni kuchaytirish hamda xodimlar oʻrtasida samimiy muloqotlarni rivojlantirishga xizmat qildi. Sayohat ishtirokchilari Zominning tabiiy goʻzalligidan iliq taassurotlar bilan qaytishdi.
