- Asosiy
- Matbuot markazi
- Yangiliklar
TOSHKENT GEOMIN-2026 XALQARO KONFERENSIYASIGA MEZBONLIK QILMOQDA
2026-yil 14-16-sentabr kunlari Toshkent shahrida dunyoning
26 mamlakatidan geologiya, tog‘-kon sanoati va mineral resurslar sohasi vakillarini birlashtirgan GEOMIN-2026 xalqaro konferensiyasi bo‘lib o‘tmoqda.
Tadbir O‘zbekiston Respublikasi Tog‘-kon sanoati va geologiya vazirligi ko‘magida va ishtirokida, Xalqaro geofiziklar jamiyati (Society of Exploration Geophysicists — SEG) tomonidan tashkil etilgan.
GEOMIN - 2026 konferensiyasining asosiy mavzusi — “Sun’iy intellekt va raqamli transformatsiya orqali geologiya-qidiruv ishlarini rivojlantirish”. Konferensiya foydali qazilmalarni izlash va qidirishning yangi yondashuvlarini muhokama qilish, texnologiyalarni rivojlantirish, professional tajriba almashish, davlat tuzilmalari, geologiya xizmatlari, sanoat korxonalari, ilmiy doiralar va texnologik kompaniyalar o‘rtasidagi hamkorlikni kengaytirish uchun xalqaro maydonga aylandi.
GEOMIN-2026 doirasida 26 mamlakatdan 70 dan ortiq tashkilot vakillari ishtirok etmoqda. Dasturdan 100 dan ortiq taqdimot, 25 ta texnik sessiya, 34 nafar asosiy spikerning chiqishlari hamda yuqori darajadagi uchta panel muhokamasi o‘rin olgan.
Konferensiyada "O‘zbek geologiya qidiruv" AJ vakillari ham kompaniya xizmatlarini aks ettiruvchi ko'rgazmalar bilan faol ishtirok etmoqda. .jpg)

.jpg)

.jpg)
.jpg)
