- Asosiy
- Matbuot markazi
- Yangiliklar
Tomditau hududida geologik tadqiqot ishlari izchil davom ettirilmoqda
Regional markaziy geologiya tasvirlash ekspeditsiyasining Markaziy O‘zbekiston dala ekspeditsiyasi tomonidan 2011–2028-yillarga mo‘ljallangan “Tomditau tog‘ida 1592,5 km² maydonda 1:50 000 miqyosda geologik qayta o‘rganish (GQU-50) hamda 2915 km² maydonda 1:100 000 miqyosda chuqur geologik xaritalash (ChGX-100) ishlarini amalga oshirish” loyihasi doirasida navbatdagi dala tadqiqotlari olib borilmoqda.
.jpg)
.jpg)
Loyiha doirasida geolog mutaxassislar tomonidan istiqbolli maydonlarda yer usti tog‘-kon inshootlarini hujjatlashtirish, kanavalarni geologik o‘rganish, dala geologik kuzatuvlarini amalga oshirish hamda soylardan shlixli namunalar olish ishlari bajarilmoqda.
Mazkur tadqiqotlar hududning geologik tuzilishini aniqlashtirish, foydali qazilmalar istiqbolini baholash va mineral-xomashyo bazasini kengaytirishga xizmat qilmoqda. Olingan ma’lumotlar kelgusidagi geologiya-qidiruv ishlarini samarali rejalashtirish uchun muhim ilmiy-amaliy asos bo‘lib xizmat qiladi.
Taqdim etilayotgan fotosuratlarda dala tadqiqotlarining asosiy bosqichlari hamda geologlar tomonidan amalga oshirilayotgan ish jarayonlari aks ettirilgan. Tomditau hududida olib borilayotgan geologik izlanishlar mamlakatimizning mineral resurs salohiyatini yanada oshirishga qaratilgan keng ko‘lamli tadbirlarning muhim tarkibiy qismi hisoblanadi.
